Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Iyul 2023

3-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

934 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 57,2 mlrd so'm bo'lgan 1 166 ta lot 75,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 15 ta
  • Boshlang‘ich narxi 22 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 24 mlrd so‘m
Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 13 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi sakkiz qavatli ko'chmas mulk 13,1 mlrd so‘mga sotildi.
Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 2,8 mlrd so‘m bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ balansidagi ma‘muriy bino 3 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 62 ta
  • Boshlang‘ich narxi 845,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 3,2 mlrd so‘m
Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 39,4 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti balansidagi oshxona binosi 464,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 140 ta
  • Boshlang'ich narxi 3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 5 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 10,6 ga
Qo‘qon shahridan boshlang'ich narxi 569,3 mln so‘m bo‘lgan tikuvchilik va ishlab chiqarish fabrikasini qurish uchun 39,5 sotix yеr uchastkasi 683,2 mln so‘mga sotildi.
Ohangaron shahridan boshlang'ich narxi 79,6 mln so‘m bo‘lgan do‘konlar, supermarketlar, restoranlar, dehqon va kiyim-kechak bozorlari qurish uchun 8,1 sotix yеr uchastkasi 461,9 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 692 ta
  • Yer maydoni 1 156,2 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 19,9 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 31,9 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 3 232 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 7,2 trln so'm bo'lgan 130 029 ta lot savdoga qo'yilgan.
525 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech