Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

01 May 2024

30-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

3 883 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 10,7 mlrd so'm bo'lgan 5 323 ta lot 17,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari: 

  • soni 2 ta
  • boshlang'ich narxi 4,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,6 mlrd so‘m
  • Andijon viloyati Jalaquduq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m bo‘lgan AT "Xalq banki" Andijon viloyat filiali balansidagi chorvachilik fermasi 1,4 mlrd so‘mga ijaraga berildi.

Davlat mulkini ijaraga berish:

  • soni 69 ta
  • boshlang'ich narxi 1,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,1 mlrd so‘m
  • Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 8,8 mln so‘m bo‘lgan Samarqand davlat chet tillari instituti balansidagi bino yerto‘lasi 74,1 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 31 ta
  • boshlang'ich narxi 902 mln so‘m
  • sotilgan narxi 3,7 mlrd so‘m
  • yer maydoni 1,7 ga
  • Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 84,4 mln so‘m bo‘lgan 9 qavatli turar joy qurish uchun 5 sotix yеr uchastkasi 1,3 mlrd so‘mga sotildi.
  • Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan boshlang'ich narxi 225,3 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 30 sotix yеr uchastkasi 247,8 mln so‘mga sotildi. 

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:

  • soni 6 ta
  • boshlang'ich narxi 786 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
  • Toshkent shahar Yashnobod tumanidan boshlang'ich narxi 225 mln so‘m bo'lgan ko'p qavatli turar joydagi xonadon 526,5 mln so‘mga sotildi. 

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 5180 ta
  • boshlang'ich narxi 2,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,02 mlrd so‘m
  • yer maydoni 1 929,4 ga 

O'tkazilgan savdolarda 5 920 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,7 trln so'm bo'lgan 211 703 ta lot savdoga qo'yilgan.

666 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech