Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Iyun 2024

31-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

800 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 10,8 mlrd so'm bo'lgan 252 ta lot 26,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 10 ta
  • boshlang'ich narxi 3,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,1 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 485,8 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi bo'sh turgan bino 1,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
  • soni 3 ta
  • boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 812 mln so‘m bo‘lgan AT “Xalq bank" Navoiy viloyati filiali balansidagi qahvaxona 852,6 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 40 ta
  • boshlang'ich narxi 1,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 5,7 mlrd so‘m
Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 342 mln so‘m bo‘lgan Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi balansidagi inshoot qismi 376,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 87 ta
  • boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 6,4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2,8 ga
Xorazm viloyati Xazorasp tumanidan boshlang‘ich narxi 5,9 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 78 kvadrat metr yеr uchastkasi 67,9 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 49 ta
  • boshlang'ich narx 1,1 mlrd so'm
  • sotilgan narx 4,3 mlrd so'm
  • yer maydoni 58,3 ga
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 20 ta
  • boshlang'ich narxi 10 mln so‘m
  • sotilgan narxi 76 mln so‘m
Toshkent viloyati Chirchiq shahridan boshlang'ich narxi 0,7 mln so‘m bo'lgan ko'chma savdo joyi 6,1 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 18 ta
  • boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,8 mlrd so‘m
Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidan boshlang'ich narxi 205 mln so‘m bo'lgan bino-inshoot 252,2 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 721 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,5 trln so'm bo'lgan 159 175 ta lot savdoga qo'yilgan.
774 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech