Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Aprel 2023

31-mart sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 417 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 4,9 mlrd so‘mlik 903 ta lot 7,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • Soni 3 ta
  • Boshlang‘ich narxi 520,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 595,1 mln so‘m

    Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi boshlang'ich narxi 162 mln so‘mlik Bo'sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan noturar bino 178,6 mln so‘mga sotildi.
      Andijon viloyati, Paxtaobod tumanidagi boshlang'ich narxi 226,8 mln so‘mlik "O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ balansidagi go'zallik saloni binosi 272,2 mln so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 40 ta
  • Boshlang‘ich narxi 227,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 940,8 mln so‘m

Toshkent shahar, Mirobod tumanidan yillik ijara stavkasi 5,7 mln so‘mlik Toshkent farmasevtika instituti balansidagi bino qismi 257,1 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 71 ta
  • Boshlang‘ich narxi 383,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 587,1 mln so‘m
  • Yer maydoni 1,1 ga

     Navoiy viloyati, Uchquduq tumanidan boshlang'ich narxi 9,3 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari tashkil etish uchun 2,8 sotix yer uchastkasi 67,9 mln so‘mga sotildi.
    Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanidan boshlang'ich narxi 21,6 mln so‘mlik muzlatgichli omborxona va maishiy xizmat shoxobchasi qurish uchun 7 sotix yer uchastkasi 23,8 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 56 ta
  • Boshlang‘ich narxi 9,4 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 177,6 mln so‘m

Xorazm viloyati, Gurlan tumanidan boshlang'ich narxi 0,1 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 4,3 mln so‘mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 2 792 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

 Hozirda, narxi 9,9 trln so‘m bo‘lgan 136 976 ta lot savdoga qo‘yilgan.

556 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech