Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Avgust 2023

4-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

413 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 17,5 mlrd so'm bo'lgan 357 ta lot 34,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:
  • Soni 10 ta
  • Boshlang‘ich narxi 5,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 7,2 mlrd so‘m

Xorazm viloyati Shovot tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 2 mlrd so‘m bo‘lgan "XORAZM AGROKIMYOHIMOYA" AJ balansidagi garaj binosi 3,1 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 73 ta
  • Boshlang‘ich narxi 480,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 4,4 mlrd so‘m

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 41,5 mln so‘m bo‘lgan Shahar markaziy ko‘chalardan foydalanish, ularni saqlash va ta'mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi balansidagi inshoot 244,8 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 45 ta
  • Boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 12,3 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 15,7 ga

Qoraqalpog'iston Respublikasi Amudaryo tumanidan boshlang'ich narxi 23,9 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 26,3 mln so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati Zangiota tumanidan boshlang'ich narxi 23,1 mln so‘m bo‘lgan to'qimachilik mahsulotlari korxonasi qurish 1 sotix yеr uchastkasi 115,4 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 72 ta
  • Boshlang'ich narxi 12,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 413,9 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • Soni 113 ta
  • Yer maydoni 827,2 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 9,2 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 7,8 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 1 071 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 8,6 trln so'm bo'lgan 128 825 ta lot savdoga qo'yilgan. 

325 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech