Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Iyun 2024

4-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

667 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 4,3 mlrd so'm bo'lgan 1 509 ta lot 5,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 4 ta
  • boshlang'ich narxi 2,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,8 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 552,1 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi bir qavatli ko'chmas mulk 938,6 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 36 ta
  • boshlang'ich narxi 909 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 27,8 mln so‘m bo‘lgan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti balansidagi bo‘sh turgan oshxona 149,9 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 26 ta
  • boshlang'ich narxi 612 mln so‘m
  • sotilgan narxi 877 mln so‘m
  • yer maydoni 0,7 ga
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida boshlang‘ich narxi 14,7 mln so‘m bo‘lgan konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish, qandolatchilik korxonalari qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 162 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 1 411 ta
  • boshlang'ich narx 446 mln so'm
  • sotilgan narx 565 mln so'm
  • yer maydoni 141,9 ga
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 24 ta
  • boshlang'ich narxi 6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 78 mln so‘m
O'tkazilgan savdolarda 1 695 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,9 trln so'm bo'lgan 152 192 ta lot savdoga qo'yilgan.
1393 Chop etish