Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

08 Iyul 2024

5-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

413 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 45,4 mlrd so'm bo'lgan 143 ta lot 78,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
  • soni 2 ta
  • boshlang'ich narxi 653 mln so‘m
  • sotilgan narxi 916 mln so‘m
Buxoro viloyati Qorako'l tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 454,6 mln so‘m bo‘lgan “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ balansidagi qurilish mollari saqlash omborxonasi 500,1 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 4 ta
  • boshlang'ich narxi 127 mln so‘m
  • sotilgan narxi 214 mln so‘m
Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 32 mln so‘m bo‘lgan Urganch davlat pedogogika instituti balansidagi boʻsh turgan xona 96,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 76 ta
  • boshlang'ich narxi 6,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 10,7 mlrd so‘m
  • yer maydoni 5,5 ga
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidan boshlang‘ich narxi 657,2 mln so‘m bo‘lgan xalqaro yo‘llar bo‘yida xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish uchun 35 sotix yеr uchastkasi 2,4 mlrd so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 13 ta
  • boshlang'ich narx 1 mlrd so'm
  • sotilgan narx 2 mlrd so'm
  • yer maydoni 26,9 ga
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 16 ta
  • boshlang'ich narxi 36,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 63,7 mlrd so‘m
Toshkent shahri Mirobod tumanidan boshlang'ich narxi 31,9 mlrd so‘m bo'lgan ofis, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi 59,4 mlrd so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 354 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,1 trln so'm bo'lgan 146 073 ta lot savdoga qo'yilgan.
393 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech