Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Iyun 2024

5-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

380 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 12,6 mlrd so'm bo'lgan 316 ta lot 19,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 6 ta
  • boshlang'ich narxi 3,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,8 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 552,1 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi bir qavatli turar joy 662,6 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 46 ta
  • boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,7 mlrd so‘m
Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 40,1 mln so‘m bo‘lgan “Telekom Qurilish” MChJ balansidagi bino qismi 44,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 48 ta
  • boshlang'ich narxi 713 mln so‘m
  • sotilgan narxi 2,2 mlrd so‘m
  • yer maydoni 1,7 ga
Andijon viloyati Andijon tumanidan boshlang‘ich narxi 7,3 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 112,7 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 179 ta
  • boshlang'ich narx 6,2 mlrd so'm
  • sotilgan narx 8,5 mlrd so'm
  • yer maydoni 487,5 ga
O'tkazilgan savdolarda 574 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,2 trln so'm bo'lgan 153 503 ta lot savdoga qo'yilgan.
526 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech