Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

08 May 2023

5-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

808 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 27,8 mlrd so'm bo'lgan 698 ta lot 45,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 24 ta
  • Boshlang‘ich narxi 16,1 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 18,7 mlrd so‘m
Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan boshlang‘ich narxi 3,2 mlrd so‘m bo‘lgan Kattaqo'rg'on shahar hokimligi balansidagi bo‘sh turgan bino va inshootlar 4,5 mlrd so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida joylashgan boshlang‘ich narxi 3,9 mlrd so‘m bo‘lgan Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi noturar joy bino-inshootlari 4,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 83 ta
  • Boshlang‘ich narxi 820,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 9,5 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 205,9 mln so‘m bo‘lgan Farg‘ona neft va gaz sanoati kolleji balansidagi bo‘sh turgan yotoqxona va o‘quv binosi xonalari 226,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 46 ta
  • Boshlang'ich narxi 1,8 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 4,7 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 20,1 ga
Samarqand shahridan boshlang'ich narxi 129,9 mln so‘m bo‘lgan nomavsumiy oromgohlar qurish uchun 1 gektar yer uchastkasi 2 mlrd so‘mga sotildi.
Shahrisabz tumanidan boshlang'ich narxi 76 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 11 sotix yer uchastkasi 121,6 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 381 ta
  • Yer maydoni 116,6 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 7 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 18,3 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 2 542 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
 Hozirda, narxi 8,4 trln so'm bo'lgan 136 705 ta lot savdoga qo'yilgan.
569 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech