Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Aprel 2023

6-aprel sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

764 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 11,9 mlrd so‘m bo'lgan 232 ta lot 18,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • Soni 6 ta
  • Boshlang‘ich narxi 6,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 10,3 mlrd so‘m

Toshkent shahri, Yunusobod tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,9 mlrd so‘m bo'lgan "Xalq banki" ATB Toshkent viloyat filiali balansidagi oshxona binosi 2 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 28 ta
  • Boshlang‘ich narxi 154,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 895,3 mln so‘m

Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan yillik ijara stavkasi 8,1 mln so‘m bo'lgan 11-umumta'lim maktabi hududidagi oshxona 260,2 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 85 ta
  • Boshlang‘ich narxi 923,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 2 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 3,9 ga

Samarqand viloyati, Samarqand shahridan boshlang'ich narxi 80,6 mln so‘m bo'lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3 sotix yer uchastkasi 555,8 mln so‘mga sotildi.
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridan boshlang'ich narxi 97,2 mln so‘m bo'lgan qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 15 sotix yer uchastkasi 349,9 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 42 ta
  • Boshlang‘ich narxi 9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 202,3 mln so‘m

Tashqi reklama obyektlari:

  • Soni 8 ta
  • Boshlang‘ich narxi 9,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 88,9 mln so‘m

O‘tkazilgan savdolarda 907 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

 Hozirda, narxi 8,6 trln so‘m bo‘lgan 92 182 ta lot savdoga qo‘yilgan.

606 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech