Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Dekabr 2023

6-dekabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

790 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 1,9 mlrd so'm bo'lgan 146 ta lot 9,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 51 ta
  • boshlang‘ich narxi 548,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 2,3 mlrd so‘m
Toshkent shahri Sirg‘ali tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 142,8 mln so‘m bo‘lgan “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MChJ balansidagi gul mahsulotlarini sotish joyi 171,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 57,4 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti balansidagi oshxona 103,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 55 ta
  • boshlang'ich narxi 703,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 814 mln so‘m
  • yer maydoni 1,6 ga
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridan boshlang'ich narxi 47,6 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 52,4 mln so‘mga sotildi.
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidan boshlang'ich narxi 5,3 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 42,7 mln so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidan boshlang'ich narxi 30,4 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3,6 sotix yеr uchastkasi 36,5 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 22 ta
  • boshlang'ich narxi 9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 31,5 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 12 ta
  • yer 16,9 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 478,1 mln so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 1,5 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 334 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,8 trln so'm bo'lgan 116 230 ta lot savdoga qo'yilgan.
977 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech