Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Mart 2023

6-mart sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

    2 586 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 82,7 mlrd so‘mlik 6 620 ta lot 124,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

    Davlat aktivlari:

  • Soni 15 ta
  • Boshlang‘ich narxi 63,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 89,3 mlrd so‘m

Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumanida joylashgan, boshlang‘ich narxi 37 mlrd so‘m bo’lgan “Anhor sayli (sobiq “Aziz” va “Kazbek”) dam olish oromgohlari” 61,1 mlrd so‘mga sotildi.
Navoiy viloyati, Tomdi tumanida joylashgan, “Navoiyazot” AJga qarashli boshlang’ich narxi 17,2 mlrd so‘m bo’lgan "Tomdi" chorvachilik kompleksi 18,1 mlrd so‘mga sotildi.

   Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 124 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 3,5 mlrd so‘m

Navoyi shahrida joylashgan yillik ijara stavkasi 75,7 mln so‘m bo’lgan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning balansidagi bo’sh turgan oshxona 401,4 mln so‘mga ijaraga berildi.

     Yer uchastkalari:

  • Soni 147 ta
  • Boshlang‘ich narxi 2,2 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 5,8 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 11,9 ga

Chirchiq shahridan narxi 39,9 mln so‘mlik oshxona, kafe, savdo uylari qurish uchun 3 sotix yer uchastkasi 331,4 mln so‘mga sotildi.
Xorazm viloyati, Yangibozor tumanidan narxi 109,3 mln so‘mlik oziq-ovqat sanoati obyektlari, konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish, qandolatchilik korxonalari qurish uchun 20 sotix yer uchastkasi 900 mln so‘mga sotildi.

    Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 185 ta
  • Boshlang‘ich narxi 73,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,6 mlrd so‘m


Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on tumanidan narxi 0,7 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 18 mln so‘mga sotildi.

   Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:

  • Soni 3 ta
  • Boshlang‘ich narxi 484 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 692,8 mln so‘m

    O‘tkazilgan savdolarda 13 306 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

    Hozirda, narxi 9,4 trln so‘m bo‘lgan 157 434 ta lot savdoga qo‘yilgan.
398 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech