Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Aprel 2023

7-aprel sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

     677 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 10,8 mlrd so‘m bo'lgan 206 ta lot 13,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

    Davlat aktivlari:

  • Soni 6 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,2 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 1,7 mlrd so‘m

    Andijon viloyati, Shahrixon tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 178,3 mln so‘m bo‘lgan "Xalq banki" ATB Andijon viloyat filiali balansidagi savdo va maishiy xizmat ko’rsatish binosi 570,5 mln so‘mga sotildi.

    Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 12 ta
  • Boshlang‘ich narxi 70,4 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 433,9 mln so‘m

    Samarqand viloyati, Samarqand shahrida joylashgan yillik ijara stavkasi 4,4 mln so‘m bo‘lgan Samarqand Ixtisoslashtirilgan san‘at maktabi balansidagi bo‘sh turgan maydon 35,5 mln so‘mga ijaraga berildi.

      Yer uchastkalari:

  • Soni 82 ta
  • Boshlang‘ich narxi 2,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 3,1 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 15 ga

     Surxondaryo viloyati, Termiz shahridan boshlang'ich narxi 642,9 mln so‘m bo‘lgan umumta'lim maktabi qurish uchun 0,51 gektar yer uchastkasi 675 mln so‘mga sotildi.

     Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 54 ta
  • Boshlang‘ich narxi 9,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 216,2 mln so‘m

     Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:

  • Soni 18 ta
  • Boshlang‘ich narxi 5,6 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 6,2 mlrd so‘m

      O‘tkazilgan savdolarda 736 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

      Hozirda, narxi 8,9 trln so‘m bo‘lgan 93 173 ta lot savdoga qo‘yilgan.

471 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech