Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

08 Avgust 2023

7-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

1 174 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 17,9 mlrd so'm bo'lgan 2 807 ta lot 30,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 13 ta
  • Boshlang‘ich narxi 6,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 6,9 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 702,2 mln so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi sobiq dam olish maskani 737,3 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 61 ta
  • Boshlang‘ich narxi 739,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,1 mlrd so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 16,8 mln so‘m bo‘lgan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi balansidagi bino xonalari 112,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 88 ta
  • Boshlang'ich narxi 2,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 9,7 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 9,6 ga
Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidan boshlang'ich narxi 543,5 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalari uchun mo‘ljallangan 0,97 gektar yеr uchastkasi 3,9 mlrd so‘mga sotildi.
Surxondaryo viloyati Termiz shahridan boshlang'ich narxi 445,4 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 0,68 gektar yеr uchastkasi 2,5 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 101 ta
  • Boshlang'ich narxi 22,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 162,5 mln so‘m
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 2 434 ta
  • Yer maydoni 2007,7 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 66,1 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 21,6 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 4 963 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,6 trln so'm bo'lgan 127 627 ta lot savdoga qo'yilgan.
336 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech