Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

08 Iyul 2023

7-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

 626 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 39,6 mlrd so'm bo'lgan 248 ta lot 54,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 9 ta
  • Boshlang‘ich narxi 13,2 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 24 mlrd so‘m
 Zangiota tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 2,6 mlrd so‘m bo’lgan “Oʻzbekiston pochtasi” AJ balansidagi sobiq pochta binosi 6,4 mlrd so‘mga sotildi.
 Baliqchi tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,5 mlrd so‘m bo’lgan tuman hokimligi balansidagi sobiq harbiy shaharcha qismi 2,8 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 44 ta
  • Boshlang‘ich narxi 434,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 713,6 mln so‘m
Kitob tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 10,3 mln so‘m bo‘lgan tibbiyot birlashmasi balansidagi binoning bo'sh turgan qismi 101,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 61 ta
  • Boshlang'ich narxi 10 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 12,4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 14,6 ga
Termiz shahridan boshlang'ich narxi 130,8 mln so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turarjoylar qurish uchun 19 sotix yеr uchastkasi 810,9 mln so‘mga sotildi.
Paxtaobod tumanidan boshlang'ich narxi 723,8 mln so‘m bo‘lgan to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 3,99 gektar yеr uchastkasi 760,1 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 86 ta
  • Boshlang'ich narxi 20 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 214,4 mln so‘m
Marg'ilon shahridan boshlang'ich narxi 0,2 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 13 mln so'mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 17 ta
  • Yer maydoni 142,6 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 392,2 mln so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 139,5 mln so'm
O'tkazilgan savdolarda 780 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
 Hozirda, narxi 8,9 trln so'm bo'lgan 131 109 ta lot savdoga qo'yilgan.
332 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech