Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Iyul 2024

8-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

391 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 43,6 mlrd so'm bo'lgan 1 235 ta lot 94,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 17 ta
  • boshlang'ich narxi 7,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 10,2 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Samarqand tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo'sh turgan bino 2,9 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
  • soni 5 ta
  • boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m
Andijon viloyati Asaka tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 277,2 mln so‘m bo‘lgan AT “Xalq banki" Andijon viloyat filiali balansidagi maishiy va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi 304,9 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 16 ta
  • boshlang'ich narxi 332 mln so‘m
  • sotilgan narxi 526 mln so‘m
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 71,2 mln so‘m bo‘lgan IDUM balansidagi bino qismi 220,8 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 97 ta
  • boshlang'ich narxi 19,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 52 mlrd so‘m
  • yer maydoni 56,6 ga
Navoiy viloyati Navoiy shahridan boshlang‘ich narxi 1 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 65 sotix yеr uchastkasi 6,9 mlrd so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 940 ta
  • boshlang'ich narx 954 mln so'm
  • sotilgan narx 1,9 mlrd so'm
  • yer maydoni 608,4 ga
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 88 ta
  • boshlang'ich narxi 12,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 15,8 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 2 282 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,4 trln so'm bo'lgan 145 062 ta lot savdoga qo'yilgan.
541 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech