Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Dekabr 2023

9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan seminar o'tkazildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Biz - korrupsiya va uning keltirib chiqarish sabablariga qarshi birga kurashamiz” bosh shiori ostida “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va Korrupsiyaga qarshi kurashash agentiligining shu sohadagi vakolatlari” toʻgʻrisida maʼlumot olish maqsadida Agentlikning Korrupsiyaning oldini olish va “komplayens-nazorat” tizimini joriy etish boshqarmasi yetakchi inspektori Samandarova Nodira Kerimbayevna ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bir qator xalqaro tashkilotlar bilan amalga oshirilgan hamkorlik, xalqaro reytinglar, korrupsiyaga qarshi kurash borasida iqtisodiy rivojlangan davlatlar tajribasi va samarali boshqaruv, mutanosiblik, shaffoflik va barqarorlik prinsiplari haqida soʻz olib borildi.

Shu oʻrinda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan “Biz-korrupsiya va uning keltirib chiqarish sabablariga qarshi birga kurashamiz” bosh shior ostida bir qator ishlar amalga oshirilganligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.

Davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirishga qaratilgan ishlar borasida, Davaktiv agentligi tomonidan koʻrsatilayotgan jami 14 turdagi davlat xizmatlaridan bugungi kunga kelib 13 tasi toʻliq raqamlashtirilganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha 2023-yilning iyun oyida Adliya vazirligiga kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarning korrupsiyadan xoli qonunchilik tamoyili asosida ishlab chiqilganligi tahlil qilinib, Davaktiv agentligining korrupsiyaga qarshi ekspertizani amalga oshirish sohasidagi faoliyati 54 ta vazirlik va idoralar kesimida 88 foiz natija bilan aʼlo baholanganligi eslatib oʻtildi.

Tadbir davomida Davaktiv agentligi xodimlari oʻzining qiziqtirgan savollari bilan qizgʻin ishtirok etib, savollarga aniq misollar orqali javoblar olindi.

1245 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech