Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Mart 2023

9-mart sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 829 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 21,6 mlrd so‘mlik 10 432 ta lot 29,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

 Davlat aktivlari:

  • Soni 6 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,5 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 1,7 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati, G'uzor tumanidan narxi 585,5 mln so‘mlik sobiq ma'muriy bino 614,8 mln so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 45 ta
  • Boshlang‘ich narxi 461,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 615,7 mln so‘m

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Taxiatosh tumanidan yillik ijara stavkasi 113,7 mln so‘m bo’lgan pedagogika kollejining bo’sh turgan yotoqxonasi 125 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 187 ta
  • Boshlang‘ich narxi 2,6 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 6,3 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 20,2 ga

Farg’ona viloyati, O’zbekiston tumanidan narxi 25,7 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 3,3 sotix yer uchastkasi 700,9 mln so‘mga sotildi.
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidan narxi 6,2 mln so‘mlik ko'p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 4 sotix yer uchastkasi 101,2 mln so‘mga sotildi.
Xorazm viloyati, Yangibozor tumanidan narxi 17,4 mln so‘mlik yakka tartibda uy-joy qurish uchun 3 sotix yer uchastkasi 181,5 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 77 ta
  • Boshlang‘ich narxi 30 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 254,8 mln so‘m


Navoyi shahridan narxi 0,3 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 30,1 mln so‘mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 24 337 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 10 trln so‘m bo‘lgan 148 732 ta lot savdoga qo‘yilgan.

589 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech