Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Iyul 2024

“Invest Group Centre” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish boʻyicha professional konsalting kompaniyasi tanlab olindi

Davaktiv agentligining “Invest Group Centre” MChJ (keyingi oʻrinlarda - Aktiv) ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish boʻyicha professional konsalting kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda – Konsultant) jalb etish yuzasidan tanlov eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.

Mazkur tanlov jarayonida 5 ta mahalliy va xalqaro professional konsalting kompaniyalaridan takliflar qabul qilinib, ularning moliyaviy taklifi, sohadagi tajribasi, malakasi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha yondashuvlari asosida saralandi.

Saralash natijasida, faoliyat sohasida amalga oshirgan yuqori darajadagi loyihalari, loyiha doirasida jalb qilinadigan professional jamoasining malakasi hamda eng maqbul narx taklifini bildirgan Portfolio Investments kompaniyasi Aktivning ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish boʻyicha konsultant sifatida tanlandi.

Konsultant quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • Oʻzbekistonda va mintaqada sohani rivojlantirishdagi sharoitlarni va sohadagi investorlarning qiziqishini Aktivning faoliyat sohasini saqlab qolish shartlaridan kelib chiqqan holda oʻrganish va tegishli xizmatlar bozorini tahlil qilish;
  • Aktivning har tomonlama (soliq, huquqiy, moliyaviy va ekologik) chuqur tahlilini oʻtkazish (due diligence);
  • optimal marketing strategiyasi boʻyicha tavsiyalar, marketing materiallarini tayyorlash (tizer, info-memorandum, jarayon holati boʻyicha xat va boshqalar) va investorlar oʻrtasida axborot materiallarini tarqatish;
  • Aktivlarni xususiylashtirishga qaratilgan barcha choralarni koʻrish, jumladan, virtual maʼlumotlar xonasi (VDR)ni tashkil etish,  oldi-sotdi shartnoma loyihasini (oʻzbek tiliga tarjimasi bilan, kerak boʻlsa rus va ingliz tillarida ham) tayyorlash bilan birga sotish jarayonida hamrohlik qilish.

Davaktiv agentligi Portfolio Investments bilan birgalikda jarayonni ochiq, shaffof va raqobat tamoyillariga asoslangan savdo mexanizmlariga muvofiq tashkil etishning barcha choralarini koʻradi hamda jarayonning har bir bosqichi toʻgʻrisida ommaga axborot berib borilishini taʼminlaydi.

 

 

579 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech