Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Mart 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan xususiylashtirish jarayonlari yanada jadallashtiriladi (1001 aksiya+1046 ko'chmas mulk+40 ta IPO)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori imzolandi.

Birinchidan, 1 001 ta korxonadagi davlat aksiya paketlari ommaviy savdoga chiqariladi;

Ikkinchidan, 1 046 ta koʻchmas mulk obyektlari ommaviy savdolarga qoʻyiladi. Ommaviy savdolarga qoʻyilayotgan koʻchmas mulk obyektlarining asosiy qismi infratuzilma bilan taʼminlangan va aholi punktlariga yaqinligi ushbu mulklardan keyinchalik foydalanishda qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi. Bunda, ushbu obyektlarni sotishni tezlashtirish uchun mulklarni sotishga tayyorlash muddati 80 kundan 48 kunga qisqartiriladi. 2 ming kvadrat metrgacha boʻlgan obyektlarni tadbirkorlarning murojaati asosida toʻgʻridan-toʻgʻri savdoga chiqarishga ruxsat beriladi;

Uchinchidan, 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi xalqchil IPO orqali sotiladi. Jumladan, “xalqchil IPO”da barcha fuqarolar va investorlarga qatnashish imkoniyati taqdim etish maqsadida “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili joriy etiladi. Jumladan, ilk bor Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, Metallurgiya kombinati, “Oʻztelekom” AJ, Sanoatqurilishbank kabi yirik korxonalarning oʻrtacha 2 foiz aksiyalari aholiga taklif etiladi.

Bunda:

aholiga aksiyalarni toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish imkoniyati yaratiladi;

eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida professional tashkilotlar savdo jarayonlarini tashkil etish uchun jalb etilishi mumkin;

mahalliy investorlarga E-auksionelektron savdo platformasi, shu jumladan mobil ilovasi orqali real vaqt rejimida ularni identifikatsiya qilish, investitsiya vositachilari bilan shartnoma tuzish va depo hisob raqamini ochish imkoniyati yaratiladi;

aksiyalarni sotib olishda “E-auksion” elektron savdo platformasida barcha investitsiya vositachilari va ularning mijozlari ishtirok etishi uchun teng sharoitlar yaratiladi;

aksiyalarni sotib olish uchun elektron arizalar mahalliy investorning oʻzi tomonidan yoki investorlar nomidan harakat qiluvchi investitsiya vositachisi orqali berilishi mumkin;

onlayn auksionlar yakunlariga koʻra oldi-sotdi shartnomalari qimmatli qogʻozlar savdolari tashkilotchilarining savdo maydonchalaridan tashqarida roʻyxatdan oʻtkaziladi va uning natijasi toʻgʻrisidagi maʼlumot investorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Shu bilan birga quyidagi normativ-huquqiy talablar joriy etiladi: 

a)fond birjasiga chiqarilgan davlat aksiya paketlarini sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat savdo jarayonlarida kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi;

b)barcha davlat muassasalarining asosiy vositalarini sotish yoki ijaraga berish E-auksionelektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi;

d)2023-yil 1-iyuldan boshlab, jismoniy shaxslarga Davlat mulkielektron tizimi orqali maydoni 2 000 metr kvadratgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn auksion savdolariga chiqarish boʻyicha ariza berish huquqi beriladi;

e)2023-yil 1-sentyabrdan boshlab

koʻchmas mulk obyektlari va davlat ulushlari xususiylashtirilganligi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi order va sertifikat Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  orqali QR-kod qoʻyilgan holda beriladi;

onlayn auksion savdolarida davlat mulki obyektlarini sotib olgan xaridorlar bilan shartnomalar savdo natijasi boʻyicha bayonnoma asosida E-auksionelektron savdo platformasida elektron shaklda (shu jumladan elektron raqamli imzo orqali) rasmiylashtiriladi;

har chorakda tegishli vazirlik va idoralar xodimlarining joyiga chiqqan holda investitsiya majburiyatlarining bajarilishini oraliq monitoring qilish tartibi bekor qilinadi;

investitsiya majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni qogʻoz shaklida taqdim etish tartibi bekor qilinib, tegishli davlat organlari va tashkilotlarning elektron bazasini Davlat mulkiaxborot tizimiga integratsiya qilish va tadbirkorlar elektron tizimga kiritadigan maʼlumotlar orqali hisobotlarni olish yoʻlga qoʻyiladi. 

2578 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech