Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

27 Iyun 2024

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan qoʻshimcha AXBOROT

Avval xabar qilinganidek, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori bilan ommaviy savdolarga chiqarilgan bir qator don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari bo‘yicha savdo jarayonining ikkinchi bosqichi yakunlangan.

Mazkur bosqichda talabgorlarning davlat aktivlarini sotib olish yuzasidan narx takliflari, uni amalga oshirish muddati hamda to‘lovga qobiliyatlik darajasi baholanib quyidagi 3 ta don korxonalari va filiallari bo‘yicha:

  • “Don xalq rizqi” AJ ustav kapitalidagi 88,45 foiz davlat aksiya paketi bo‘yicha eng yuqori 40,0 mlrd. so‘m narx taklifini bildirgan “Kesh-Boqiy” MChJ;
  • “Namangandonmahsulotlari” AJ ustav kapitalidagi 51,0 foiz davlat aksiya paketi bo‘yicha eng yuqori 45,0 mlrd. so‘m narx taklifini bildirgan “Don Corn” MChJ;
  • “Koson don mahsulotlar qabul qilish” MCHJning “G‘uzor un” filiali bo‘yicha eng yuqori 29,6 mlrd. so‘m narx taklifini bildirgan “Chiroqchi Don Mahsuloti” MChJ g‘olib deb topildi.

Shu bilan birga, xaridorlar tomonidan don korxonalari va filiallarini kamida 5 yil davomida asosiy faoliyat turini saqlab qolish va mavjud don saqlash sig‘imlarini kamaytirmaslik hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq to‘lash evaziga saqlab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

1181 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech