Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

19 Mart 2021

Agentlik tomonidan Toshkent tuman aholisiga ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda

Prezident Administratsiyasining tegishli topshirig‘iga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati, Toshkent tumaniga biriktirilgan. 

Shu kunlarda agentlik mas’ullari tumanning 4 ta sektor rahbarlari bilan birgalikda mahallalarga borib, aholi bilan uchrashgan holda, ularning muammolarini hal qilish, "Mahalla raisi - islohotchi" tamoyili asosida har bir mahallani obod mahallaga aylantirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rib kelmoqda. 

Mahallada istiqomat qilayotgan iqtisodiy nochor, qiynalgan oilalarga moddiy yordam berish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari olib borilmoqda. Buning uchun Agentlik tomonidan “Mahalla” jamoat fondining Toshkent tuman bo‘linmasi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga 100 mln so‘m homiylik mablag‘i o‘tkazib berildi.

Uning doirasida “Temir daftar”ga kiritilgan 55 ta fuqaroga moddiy rag‘bat ajratish ko‘zda tutilgan.  

Xususan, Agentlik tomonidan 2-sektor hududidagi “G‘ishtko‘prik” mahallasi, “G‘ishtko‘prik” 2-berk ko‘chasi, 4-uyda istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi Nigora Sodiqovaga elektr quvvati bilan harakatlanuvchi nogironlik aravachasi hadya qilindi. 

Shuningdek, 25 ta mahalla (Ko‘ksaroy, Chig‘atoy, Qizg‘aldoq, E’zoz, Ibrat, Chuvalachi, Shirin, Beshterak, Ko‘xinur)ning 6520 metr ichki yo‘llariga 115 ta mashina shag‘al yotqizildi. “Ko‘k terak” MFY hududida aholining ichimlik suvi bo‘yicha muammolari o‘rganib chiqildi, “Bog‘bon” MFY Chimkent yo‘li ko‘chasida ichimlik suv tarmog‘i ta’mirlandi, “Qirariq” MFYda joylashgan Abdurahmonov suv inshootidagi nasos agregati mukammal ta’mirlandi.

Agentlik Toshkent tumanida aniqlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish orqali ularning yashash sharoiti va turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha ezgu amaliy ishlarni tizimli davom ettirib kelmoqdalar.

 

1258 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech