Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 Dekabr 2022

“E-auksion” elektron savdo platformasi orqali savdolarni o'tkazish muddatlaridagi o'zgarishlar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qo‘shimcha dam olish kunlari munosabati bilan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali savdolarni o'tkazish muddatlarida o‘zgarishlar bo‘lishi to’g’risida xabar qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi PF-270-son “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.

Shu munosabat bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli buyrug‘iga asosan 2023 yilning 2-3 yanvar kunlariga belgilagan savdolar 4-5 yanvar kunlariga ko‘chiriladi.

Bundan tashqari, 2023 yilning 7 yanvar kuni ish kuni sifatida belgilangani sababli, ushbu kun to‘lovlarni to‘lash kuni sifatida qabul qilinadi.

O’z navbatida, “E-auksion” markazi tomonidan barcha savdo ishtirokchilariga o'zgarishlar to'g'risida xabarnomalar yuboriladi.

1428 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech