Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Mart 2021

Andijon viloyatining "Asaka yog‘” AJdagi 51,15 foiz davlat ulushi sotildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yog‘-moy tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2019 yil 16 yanvardagi 4118-son qaroriga asosan, “Asaka yog‘” AJning 51,1 foiz davlat aksiya paketi keyinchalik ommaviy savdolarga chiqarish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 27 oktabrdagi 6096-son Farmonining 4-ilovasiga muvofiq “Asaka yog‘” AJning 51,2 foiz davlat ulushi sotilishi belgilangan.

“Baholash ekspertlik markazi” MChJning 2020 yil 24 martdagi 03/27-sonli baholash hisobotiga muvofiq, “Asaka yog‘” AJning 51,15 foiz davlat aksiya paketini baholagan.

“Asaka yog‘” AJ ustav fondidagi 51,15 foiz davlat aksiya paketi 15 446,4 mln. so‘mga birja savdolariga chiqarilgan edi.

“Toshkent” RFBda bo‘lib o‘tgan birja savdolarida “TRIO UNION PRO” MChJ tomonidan “Asaka yog‘” AJning davlat aksiya paketiga 15 446,4 mln. so‘m taklif etilgan. Bugungi kunda mazkur aksiya paketlarni sotib olish bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun: “Asaka yog‘” AJning aksiyalarining nominal qiymati 637 so‘mni, davlat tegishli aksiyalarning umumiy soni 2 206 170 tani tashkil etadi.

 

 

1436 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech