Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

27 Oktyabr 2023

Latviya Respublikasida joylashgan mulklarni ommaviy savdolarga chiqarilishi yuzasidan e'lon

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Latviya Respublikasi Garkaln tumani, Sunishi posyolkasi, Ezerkrast ko‘chasi 19B-uy (dala hovli) hamda Ezerkrast ko‘chasi 21-uyning 1-xonadoni manzilida joylashgan mulklar sotilishi belgilangan.

Ta’kidlash joizki, chet elda joylashgan davlat mulki obyektini boshqarish obyekt joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbularga ko‘ra, Latviya Respublikasida joylashgan obyektlarni savdosini tashkil etish maqsadida Davaktiv agentligi tomonidan tanlov asosida SIA “Vestabalt” Latviya kompaniyasi (rieltor) jalb etilgan.

Bugungi kunda “Vestabalt” kompaniyasi tomonidan Latviya Respublikasi Garkaln tumani, Sunishi posyolkasi, Ezerkrast ko‘chasida joylashgan 19 B-uy (dala hovli) hamda Ezerkrast ko‘chasida joylashgan 21-uyning 1-xonadoni savdosi bo‘yicha tanlov e’lon qilingan.

Obyektlar bo‘yicha savdolarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 19B-uy (dala hovli) bo‘yicha quyidagi havola hamda 21-uyning 1-xonadoni bo‘yicha quyidagi havola orqali batafsil ma’lumot olishi mumkin.

Shu bilan birga, qoʻshimcha maʼlumot uchun quyidagi aloqa kanallari bilan bogʻlanishingiz mumkin:

1380 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech