Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Noyabr 2022

"Chinoz neftni qayta ishlash zavodi" MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushining xususiylashtirish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risida e'lon

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda “Davaktiv agentligi”Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MChJni (keyingi o‘rinlarda - Aktiv) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi boshlanganligini eʼlon qiladi (keyingi o‘rinlarda – “Bitim”).

Mosaic Financial kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda – Maslahatchi) ushbu Bitim bo‘yicha Davaktiv agentligining xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.

Aktiv to‘g‘risida qisqacha maʼlumot

Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MChJ – asosiy vazifasi neftni qayta ishlab benzin, kerosin, mazut, dizel yoqilg‘isi va moylarga aylantirishni tashkil etishdan iborat. Ushbu sanoat korxonasi yiliga 117 ming tonnadan ziyod uglevodorod xomashyosini qayta ishlash imkonini beruvchi zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan. 

Bitimni amalga oshirish jarayoni

Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar (keyingi o‘rinlarda – “Talabgorlar”) uchun ochiq bo‘lgan raqobat tamoyillariga asoslangan xususiylashtirish mexanizmi orqali amalga oshiriladi.

Talabgorlardan quyidagi maʼlumotlar bilan sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish to‘g‘risidagi arizalarini (Express of interest) taqdim etishlari so‘raladi:

  1. Ishtirokchi to‘g‘risida qisqacha maʼlumot (shu jumladan, STIR va faoliyat turi).

  2. Ishtirokchi ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushi mavjud aksiyadorlar/ taʼsischilar (egalik ulushi ko‘rsatilgan holda) va yakuniy benefitsiarlar to‘g‘risida maʼlumotlar.

  3. Moliyaviy hisobot (oxirgi 3 yilgi faoliyati bo‘yicha).

Qiziqish bildirish to‘g‘risidagi ariza Talabgorlarning xohishiga ko‘ra rus, o‘zbek yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

Talabgorlar qiziqish bildirishi to‘g‘risidagi arizalarini 2022 yil 26 dekabr 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar quyidagi elektron pochta manzillariga yuborishlari lozim: iskandar.bakhromov@mosaic-financial.com

Qabul qilingan arizalar quyidagi mezonlar bo‘yicha saralanadi:

  • davlat ulushini sotib olish uchun to‘lovga qobiliyatliligi;

  • xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin bo‘lgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yo‘qligi;

  • O‘zbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga rioya etilishi;

  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lishi lozim.  Shu bilan birga, ariza topshirilgan sanada talabgorlar sanksiyalangan shaxs/(lar) yoki yuqorida aytib o‘tilgan sanksiya organlari tomonidan har qanday ish yoki tergov obyekti/(lar) bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, talabgorlar (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri yuqorida aytib o‘tilgan muassasalar va davlatlarning sanksiyalar rejimiga zid bo‘lgan har qanday faoliyatga (to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki biron bir sho‘ba korxonasi orqali) jalb etilmagan bo‘lishlari lozim va Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri), shuningdek uning tegishli shaxslaridan birortasi asosiy moliyalashtiruvchi tomonlari yoki kreditorlari sanksiyadagi shaxslar yoki sanksiyadagi shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki ular tomonidan egalik va nazorat qilinadigan banklar yoki moliya institutlari bo‘lmasligi lozim.

Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga xususiylashtirish jarayonlarining kelgusi Majburiyatga ega bo‘lmagan taklif (NBO) qabul qilish bosqichida ishtirok etish uchun taklif qilinadi hamda ularga ushbu bosqich jarayonlari to‘g‘risidagi xat (Process Letter) yuboriladi.

Shu bilan birga, xususiylashtirish jarayonlarida kelgusidagi o‘z ishtirokini tasdiqlash uchun, ushbu talabgorlar bilan Axborotlarni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi bitim (NDA)ni imzolash taklif etiladi, so‘ngra ularga Maslahatchi tomonidan tayyorlangan Kompaniyani sotib olish narxi bo‘yicha indikativ majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan dastlabki maʼlumotlar to‘plami (Information Memorandum) bilan tanishish imkoniyati beradigan virtual maʼlumotlar xonasi (VDRga kirish imkoniyati beriladi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun yuqorida keltirilgan aloqa kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.

Diskleymer:

Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini o‘zgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin bo‘lgan Davaktiv agentligi, Mosaic Financial va Kompaniyani sotish bilan bog‘liq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va Mosaic Financial o‘z xohishiga ko‘ra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga o‘zgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar bo‘yicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, Kompaniya va Mosaic Financial tomonidan ko‘zda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga ko‘ra sotish jarayonini to‘xtatish; va/yoki

(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli bo‘lgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini o‘zida saqlab qoladi.

3503 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech