Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

31 May 2021

Savdoga chiqarilgan davlat aktivlari bo‘yicha takliflarni qabul qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 2021 yil 30 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida” 2021 yil 11 fevraldagi PF-6167-son Farmoniga muvofiq xususiylashtirilishi belgilangan “Beldirsoy oromgohi” va “Sijjak” dam olish maskanlarini ommaviy savdolarga chiqarilganligi to‘g‘risida e’lon qilingan edi.

Savdo jarayonlarini yanada shaffof va raqobatbardosh o‘tkazish, savdolarda qatnashish uchun talabgorlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida, talabgorlardan takliflarni qabul qilish muddati 2021 yil 1 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.

3275 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech