Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

19 Dekabr 2022

Onkologiya markazi hamda uning poytaxt va Toshkent viloyati filiallarini sotish bo‘yicha auksion savdolari bekor qilindi

Avval xabar berilganidek, Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Lot 3707620, boshlang‘ich bahosi 281,7 mlrd.so‘m), uning Toshkent viloyat (Lot 3707622, boshlang‘ich bahosi 92,1 mlrd.so‘m) va Toshkent shahar filiallari (Lot 3707621, boshlang‘ich bahosi 160,5 mlrd.so‘m) bino-inshootlari yangi Onkologiya markazining birlashgan kompleksini qurish xarajatlarini qoplash uchun “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron-onlayn auksionga qo‘yilgan edi.

Bugungi kunda, mazkur obyektlarning sotilishi hisobiga yangi zamonaviy Onkologiya markazi qurilishini amalga oshirish bo‘yicha jamoatchilik fikridan kelib chiqqan holda, tegishli topshiriqqa asosan, Onkologiya markazi hamda uning poytaxt va Toshkent viloyati filiallarini auksion orqali sotish jarayoni to‘xtatildi va savdodan olib tashlandi.

1917 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech