Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Sentyabr 2020

“Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi” MCHJni davlat ulushini ishonchli boshqaruvga berish uchun tanlov muddati uzaytirildi

Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligining joriy yil 4 avgustdagi “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqaruvga berish yuzasidan tanlov e'loniga muvofiq quyidagilar ma'lum qilinadi.

“Аydar-Аrnasoy koʼllar tizimi” MChJni belgilangan tartibda investitsiya kiritish sharti bilan mahalliy investorga ishonchli boshqaruvga berish boʼyicha tanlovga topshirilgan xujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etishga qoʼshimcha imkoniyatlar yaratish hamda tanlovning shaffofligini va raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida, Suv xoʼjaligi vazirligi Tanlov komissiyasi tanlov muddatini joriy yilning 15 sentyabridan 2022 yil 23 oktyabr soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

 

Qoʼshimcha maʼlumotlar uchun Suv xoʼjaligi vazirligiga murojaat qilishingiz mumkin:

Manzil: 100187, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʼbek tumani, Qorasuv-4 dahasi, 11 uy

Elektron pochta manzili: devonxona@minwater.uz

Maʼlumot uchun telefonlar: 71-202-47-64, 97-484-40-12

Ushbu havola orqali tanlov shartlari to`g`risida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

1110 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech