Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

31 May 2021

Bir qator davlat aktivlari bo‘yicha savdo jarayonlarining birinchi bosqichi yakuni yuzasidan AXBOROT

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 2021 yil 30 martda va 10 aprelda berilgan E’longa muvofiq xususiylashtirilishi belgilangan bir qator davlat aktivlarining ommaviy savdosi bo‘yicha savdo jarayonining birinchi bosqichi yakunlandi.

Unga ko‘ra, davlat aktivlarini sotib olish uchun qiziqish bildirgan talabgorlardan E’lon berilgan kundan boshlab 30 kun davomida takliflar qabul qilindi.

6 ta davlat aktivlari bo‘yicha 16 ta talabgorlardan taqdim etilgan takliflar 2021 yil 21 may kuni Davaktiv agentligida Davlat tender komissiyasi a’zolari va talabgorlarning bevosita hamda videokonferens aloqa vositasi orqali ishtirokida ochildi.

Jumladan:

“Poytaxt biznes majmuasi” MChJ mulkiy majmuasi bo‘yicha 3 ta, “Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi bo‘yicha 2 ta, “Ichan qal’a” mehmonxona majmuasi bo‘yicha 2 ta, “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi” bo‘yicha 4 ta, “Qizil suv sport sog‘lomlashtirish” MChJ bo‘yicha 2 ta va “Markaziy bino” hududi bo‘yicha 3 ta talabgorlar tomonidan takliflar taqdim etilgan.

Talabgorlardan kelib tushgan barcha takliflar e’londa ko‘rsatilgan hujjatlarning jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, zakalat puli kelib tushganligi, davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi asosida ko‘rib chiqildi va malakalandi (saralandi).

Ishchi organ hisoboti asosida Davlat tender komissiyasi ikkinchi bosqichga o‘tgan talabgorlar ro‘yxatini tasdiqladi va Savdo jarayonlarining birinchi bosqichida ishtirok etgan barcha talabgorlar va savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichiga o‘tgan talabgorlarning har biriga Ishchi organ tomonidan rasmiy xabarnomalar yuboriladi.

Savdo jarayonining ikkinchi bosqichiga o‘tgan talabgorlardan 2021 yil 4 iyun soat 17-00gacha tijorat takliflari, ya’ni sotib olish narx, to‘lov muddati va to‘lov qobiliyati bo‘yicha takliflar qabul qilinadi.

1480 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech