Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Iyul 2020

“Buxoroneftgazparmalash” AJ va “Olot neft va gaz qidiruv ekspedisiyasi” MChJni xususiylashtirish boʻyicha professional konsalting kompaniyasi jalb qilinadi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Davaktiv agentligi/Buyurtmachi) “Buxoroneftgazparmalash” AJning ustav kapitalidagi 51,3 foiz va Olot neft va gaz qidiruv ekspedisiyasi MChJning 100 foiz davlat ulushini (keyingi oʻrinlarda — Aktivlar) xususiylashtirish boʻyicha professional konsalting kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda – Konsultant) jalb etish yuzasidan tanlov eʼlon qiladi.

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan Taklif taqdim etish uchun soʻrovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini 2023-yil 4-avgust kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar taqdim etishlarini soʻraymiz.

Agar, birgalikda qoʻshma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik — konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant koʻrastilishi lozim.

Barcha manfaatdor tomonlar quyidagi axborot kanallari orqali tijorat takliflarini taqdim etishlari soʻraladi (kodlangan holda):

Talʼat Yuldashevich Samandarov — Davlat aktivlarini xususiylashtirishga tayyorlash va xususiylashtirish departamenti boshligʻining oʻrinbosari;

Telefon: + 998-71-259-20-67;

E-mail: tender@davaktiv.uz.

Konsultantlarning vakillari bilan Bitim boʻyicha ishlar yaqin hamkorlikda, zarur hollarda esa, Aktivda qoʻshimcha loyiha guruhini tuzish orqali amalga oshirilishi mumkinligi maʼlum qilinadi.

Diskleymer

Mazkur soʻrovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Buyurtmachiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga koʻra, takliflar uchun ushbu soʻrovnomani eʼlon qilish va/yoki u bilan bogʻliq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va maʼlumotlar loyihaning faqat eng muhim tomonlarining dastlabki xulosasi va Konsultantdan xususiylashtirish boʻyicha kutilishi mumkin boʻlgan ishlar hajmi toʻgʻrisida umumiy maʼlumot sifatida xizmat qilishiga moʻljallangan.

Tanlov ishtirokchilari hech narsaga ishonib va bogʻlanib qolishlari kerak emas, tanlov jarayoni bilan bogʻliqlikda buyurtmachi uchun dastlabki taqdimot va takliflarni tayyorlash maqsadida yagona cheklov bundan mustasno.

Buxoroneftgazparmalash AJ va Olot neft va gaz qidiruv ekspedisiyasi MChJni xususiylashtirish boʻyicha konsultantni jalb qilish yuzasidan taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (RfP)

Kirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-102-son qaroriga muvofiq, Buxoroneftgazparmalash AJning ustav kapitalidagi 51,3 foiz va Olot neft va gaz qidiruv ekspedisiyasi MChJning 100 foiz davlat ulushini sotilishi (keyingi oʻrinlarda – Bitim) belgilangan.

Sotish jarayonlari Aktivlarning tarmoq va individual xususiyatlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari doirasida eng maqbul xorijiy tajriba asosida tashkil etilishi lozim. Buyurtmachi toʻgʻri qaror qabul qilishi uchun Aktivlarni mustaqil baholash ishlarini amalga oshiradi.

Ushbu Taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (keyingi oʻrinlarda ­- Soʻrovnoma) Konsultantga qoʻyiladigan talablarni va uning baholanishi kerak boʻlgan taklifining tuzilishini, shuningdek, ushbu Soʻrovnomaning ilovasida Bitimni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zarur ish hajmini tavsiflaydi. Konsultantlar konsorsiumga kirishlari yoki xizmatlarning toʻliq spektrini taqdim etish boʻyicha qoʻshma takliflar kiritishlari mumkin.

Aktiv toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot

Buhoroneftgazparmalash AJ neft va gaz quduqlarini burgʻilash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi burgʻulash korxonasi hisoblanadi.

Kompaniya 1959-yilda tashkil etilgan boʻlib, ustav fondi 22,7 mlrd.soʻmni tashkil etadi. Jamiyatning yuridik manzili: Buxoro viloyati, Qorovulbozor shahri, st. Buyuk Ipak yoʻli, 3-uy.

“Olot neft va gaz qidiruv ekspedisiyasi” MChJ qidiruv burgʻulash sohasida xizmatlar koʻrsatadi.

Ustav fondi 9,0 mlrd.soʻm. Korxonaning yuridik manzili: Buxoro viloyati, Olot tumani, Olot shahri.

Konsultantlardan kutilayotgan takliflar tuzilmasi va ularga qoʻyiladigan talablar

Konsultantning (individual arizachi yoki Konsorsium) taklifi rus/ingliz tilida tayyorlanishi va quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:

a) Aktivlarni xususiylashtirish jarayonini tashkillashtirish boʻyicha konsultantning kelgusidagi harakatlar ketma-ketligini va ish koʻlamini oʻz ichiga olgan rejasi. Konsultantning tavsiyalari va takliflariga qisqa vaqt ichida tegishli javob berilgan taqdirda, xususiylashtirish jarayonning davomiyligi boʻyicha xulosasi (10 ballgacha);

b) Tijorat taklifi ikki qismdan iborat (50 ballgacha):

  • Xizmat haqining qatʼiy qismi yagona raqam shaklida (QQS va boshqa xarajatlar bilan birga) boʻlishi va konsultantning subyektiv taxminlaridan holi boʻlishi lozim;
  • Taklif etilgan haq miqdori ishlab chiqilgan savdo strategiyasiga bogʻliq va Buyurtmachi taklifning muvaffaqiyati uchun (success fee) mutanosib haq toʻlashni taʼminlaydigan takliflarga ustunlik beradi;
  • Agar xizmat haqi narxlar oraligʻida berilgan boʻlsa, unda taklifni baholash uchun uning yuqori chegarasi qabul qilinadi. Qoʻshimcha joriy xarajatlar (xizmat safari, tarjima va boshqalar uchun) belgilangan qatʼiy qismiga kiritilishi kerak;

c) Shu toifadagi aktivlar doirasida tuzilgan bitimlar yuzasidan konsultantlarning ish tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, 2017-yil 1-yanvar kunidan boshlab hozirgi davrga qadar MDH mintaqasidagi mandatlar toʻgʻrisida maʼlumot (20 ballgacha);

d) Loyihani amalga oshirishdan kelib chiqib, Bitimni amalga oshirish yuzasidan ishlarni tashkil etish boʻyicha taklif. Taklif etilgan Bitimga jalb qilingan jamoa haqida maʼlumot, shaxslarning (jismoniy va yuridik) ismlari va ular haqidagi maʼlumotlar: ish tajribasi, faoliyat muddati, bitimlar tuzish boʻyicha umumiy tajriba va ularni amalga oshirish boʻyicha malakasi (20 ballgacha);

e) Qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli salohiyat va vakolatga egaligi, shuningdek, inson, vaqt va moddiy resurslarning mavjudligi toʻgʻrisida yozma ariza;

f) Manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi haqida maʼlumot. Maslahatchi ushbu savdoga jalb qilingan taqdirda ziddiyatlar olib kelishi mumkin boʻlgan hollarda potensial bitim boʻyicha salohiyatga ega ekanligini koʻrsatish.

Xususiylashtirish boʻyicha konsultantdan kutilayotgan ishlar hajmi

1. Neft va gaz quduqlarini burgʻulash xizmatlari bozorini tahlili:

  • Oʻzbekistonda va mintaqada sohani rivojlantirishdagi sharoitlarni va bozor tahlili, soha korxonalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar;
  • boshqa (jumladan, qoʻshni) davlatlarda mazkur sohada amalga oshirilgan xususiylashtirish tajribasi tahlili, ushbu turdagi Aktivlarning xususiylashtirishdagi muvaffaqiyatsizliklarining asosiy sabablari, kelgusida sohani rivojlantirish va muvaffaqiyatli xususiylashtirishni taʼminlovchi omillar;
  • amalga oshirilgan tahlillar asosida Aktivlarning xususiylashtirish jarayonlarini muvaffaqiyatli tashkillashtish uchun lozim boʻlgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

2. Aktivlarni sotishdan oldin tayyorlash boʻyicha maslahatlar:

  • Aktivlarning investitsiya jozibadorligini oshirish, eng ilgʻor amaliyotlar va oʻxshash (analog) aktivlarning tahlili asosida tuzilma va boshqaruvni takomillashtirish boʻyicha takliflar;
  • Aktivlarning har tomonlama (soliq , huquqiy, moliyaviy va ekologik) chuqur tahlilini oʻtkazish (due diligence);
  • optimal marketing strategiyasi boʻyicha tavsiyalar, marketing materiallarini tayyorlash (tizer, info-memorandum, jarayon holati boʻyicha xat va boshqalar) va investorlar oʻrtasida axborot materiallarini tarqatish;
  • marketing materiallarini tayyorlash, shu jumladan investitsiya videolari, tarqatma materiallar va boshqalar;
  • jamoatchilik bilan aloqa oʻrnatish boʻyicha tavsiyalar taqdimoti, ularning savollariga javoblar;
  • baholash uslubini toʻgʻri tanlash va ularning investorlar uchun dolzarbligini belgilash, narx diapazoni boʻyicha tavsiyarni taqdim etish;
  • investor nuqtayi nazaridan baholashga taʼsir etuvchi asosiy omillar, asosiy koʻrsatkichlar va tahminlarni aniqlash;
  • loyiha doirasida boshqa malakali konsultantlarni jalb etish (zarur boʻlgan hollarda) va ularning ishini muvofiqlashtirish.

3. Bitim jarayoniga hamrohlik qilish:

  • Aktivlarni xususiylashtirishga qaratilgan barcha choralarni koʻrish, virtual maʼlumotlar xonasi (VDR)ni tashkil etish;
  • salohiyatli talabgorlar bilan aloqalarni muvofiqlashtirish, shu jumladan, ularning savollariga javoblar berish;
  • barcha zarur hujjatlarni, jumladan, oldi-sotdi shartnoma loyihasini (oʻzbek tiliga tarjimasi bilan, kerak boʻlsa rus va ingliz tillarida ham) tayyorlash bilan birga sotish jarayonida hamrohlik qilish;
  • Bitimni eʼlon qilish va yopishni tashkillashtirish.

 

(1) Agar ariza konsorsium tomonidan taqdim etilgan taqdirda, konsorsium boʻyicha kelishuvni taqdim etish, shuningdek, muvofiqlashtiruvchi asosiy maslahatchi (odatda konsorsium rahbari deb ataldi) koʻrsatish lozim. Ushbu holatda xizmatlarning umumiy qiymati koʻrsatilishi kerak.

(2) Agar konsultantlarning takliflari "a","v" va "g" bandlarida koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib 30 balldan kam baholansa, "b" bandida nazarda tutilgan baholash balli qoʻllanilmaydi.

 

618 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech