Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Noyabr 2023

Koreya fond birjasi vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Joriy yil 2-noyabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Koreya fond birjasi (KRX) vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtti.

Uchrashuv boshida Koreya fond birjasi bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi samarali hamkorlik bir necha yildan buyon davom etayotgani, Oʻzbekiston fond bozori uchun Yagona dasturiy-apparat kompleksini joriy etishda, jumladan, Koreya fond birjasi dasturiy taʼminot, server va telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish, mahalliy mutaxassislarni tayyorlashda faol koʻmak koʻrsatilayotgani Davaktiv agentligi direktori Akmalxon Ortikov tomonidan taʼkidlanib, minnatdorchilik bildirildi.

Shuningdek, A. Ortikov Kapital bozorini yanada rivojlantirish, uning infratuzilmasini takomillashtirish, mahalliy fond bozorida xorijiy investorlarning ishtiroki tartibini soddalashtirish va investorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentyabrdagi PQ-291-son qarori qabul qilinganligi hamda Qarorga muvofiq “Toshkent” Respublika fond birjasi AJ 2028-yil 31-dekabrga qadar dividendlar hisoblash va toʻlashdan ozod etilganligini eslatib oʻtdi.

Oʻz navbatida, Koreya fond birjasi ijrochi direktori Kyonuk Min “Toshkent” Respublika fond birjasini rivojlantirish maqsadida uning kapitalini oshirish boʻyicha Koreya fond birjasi tegishli ishlarni boshlaganligi, ushbu jarayon direktorlar kengashida koʻrib chiqilishini taʼkidlab oʻtdi.

Shu oʻrinda, Kyonuk Min “Toshkent” Respublika fond birjasini xalqaro standartlar asosida faoliyatini olib borish va rivojlantirish yuzasidan amaliy choralar koʻrishi, jumladan bor tajriba va malakalarini “Toshkent” Respublika fond birjasiga qaratishlarini taʼkidladi.

Uchrashuv soʻngida Davaktiv agentligi tomonidan Koreya fond birjasi vakillariga esdalik sovgʻalar topshirildi.

1085 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech