Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 Sentyabr 2023

Davaktiv xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davlat fuqarolik xizmatchilari o‘quv-seminari o‘tkazildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida joriy yil 21-sentabr kuni  Davaktiv agentligi direktori oʻrinbosari M.Kadirov boshchiligida markaziy apparat, tarkibiy tuzilmalar va hududiy boshqarmalar xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davlat fuqarolik xizmatchilari o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminar ma'ruzachilari sifatida Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra rahbari, yuridik fanlar doktori, professor Sherzod Zulfikarov, shu universitetning kafedra rahbari, yuridik fanlar doktori, dotsent Mirgʻolib Nurmatov va Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi oʻqituvchisi Xurshid Botirov ishtirok etdi.

Eslatib oʻtish joizki, Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Yaʼni, Asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortdi va xalqimiz takliflari asosida yangilandi.

Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan konstitutsiyaviy normalarning ijrosini soʻzsiz taʼminlash barcha sohalarda “inson qadri”ning tom maʼnoda yuksalishiga, davlat va jamiyat hayotini “inson – jamiyat – davlat” degan tizimga asoslangan yangi va zamonaviy tarzda boshqarish imkonini berishi ta'kidlandi.

Ta'kidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi kafolatlanishi mustahkamlandi. Bu hol tovarlar va xizmatlarning erkin harakatlanishi va realizatsiya qilinishini noqonuniy cheklashni oldini olishga va  mehnat resurslarining erkin harakatiga mustahkam poydevordir.

Shuningdek, Yangi Konstitutsiya qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlanishi iqtisodiyotga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirishga, investorlarning ishonchini mustahkamlashga, tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Shu bilan birga, Konstitutsiyada ilk marotaba yer xususiy mulk boʻlishi mumkinligi nazarda tutildi. Ushbu norma yangi Konstitutsiyamizdagi haqiqiy inqilobiy yangiliklardan biri sifatida mulkchilik munosabatlaridagi boʻshliqni toʻldirganligi aytib oʻtildi.

Maʼlumotlarga boy tadbir yakunida ishtirokchilar yangi tahrirdagi Konstitutsiya boʻyicha barcha qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

915 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech