Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Avgust 2020

Davaktiv agentligi veb-resurslar faoliyatini optimallashtirish maqsadida profilaktika ishlarini o‘tkazilishini ma'lum qiladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 2024-yil 10-avgust soat 00:00 dan 11-avgust soat 23:59 gacha profilaktika ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Profilaktika ishlari olib borilishi davrida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (my.gov.uz) quyidagi davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkinligi ma’lum qilinadi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish;
  2. Xo‘jalik jamiyatining to‘lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) to‘g‘risida ma’lumot olish;
  3. Davlat ulushiga ega korxonalar bo‘yicha maʼlumot;
  4. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash;
  5. Davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha buyurtmanoma berish;
  6. Sud boshqaruvchisi malaka attestatini berish;
  7. Ko‘chmas mulk obyektlari va davlat ulushlari xususiylashtirilganligi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi order va sertifikatlarni taqdim etish.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

3197 Chop etish