Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Oktyabr 2020

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati oʼtkazildi

O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish - davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof etib kelinmoqda.

Buning bir misoli sifatida Agentlik tomonidan "Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi" ISO 37001:2016 xalqaro standarti sertifikati qo'lga kiritilganligidir.

Aynan korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishda manfaatlar to'qnashuvini tartibga solish borasida davlat xizmatchilarining bilim va ko'nikmalarini oshirib borishga ham alohida e'tibor qaratilgan.

Shuni inobatga olib, joriy yilning 29-sentabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligida "Davlat xizmatida manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va tartibga solish" hamda "Davlat tashkilotida kompleans nazorat tizimini joriy etilishi : korrupsiyon xavf-xatarlarni aniqlash va baholash" mavzularida davra suxbati o'tkazildi.

Mazkur davra suhbatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparati, idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy boshqarmalari xodimlari hamda O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas'ul xodimi Abdug'aniyev Oybek Alisherovich ishtirok etdi. 

Ushbu tadbirdan ko'zlangan maqsad Agentlik tizimi xodimlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish ruhini shakllantirish, bu borada o'z bilim va ko'nikmalarini oshirishdan iborat.

Shu bilan birga, Agentlik tomonidan ushbu yo'nalishda tasdiqlangan dasturlar doirasida bu kabi tadbirlar o'tkazilishi davom ettirilmoqda.

436 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech