Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Aprel 2023

Davlat ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirishga navbatdagi qadam!

2021-2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasining ustuvor yoʻnalishlaridan biri, davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish asoslarini belgilash, xususiy sektor muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan va raqobat rivojlangan sohalarda davlat ishtirokini cheklash, davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishda tizimlilik va “sot yoki tushuntir” tamoyillarini joriy etish orqali davlat ishtirokidagi korxonalarni keskin qisqartirish hisoblanadi.

Bugungi kunda davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2 333 tani tashkil etib, ular turli sohalarda faoliyat yuritmoqda. Taʼkidlash joizki, ularning iqtisodiyotidagi ishtiroki hanuz yuqoriligicha qolmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy mulk ustuvorligini taʼminlash esa asosiy talab hisoblanadi.

Shunga koʻra, joriy yil 3-aprelda davlat ishtirokidagi korxonalarni keskin qisqartirish borasidagi yana bir muhim xujjat boʻlgan Vazirlar Mahkamasining “Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi. Unga koʻra jami 1 259 ta davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarning:

493 tasini qayta tashkil etish (282 tasini davlat muassasasi,tasini masʼuliyati cheklangan jamiyat va 209 tasini filial sifatida);

766 tasini istiqbolsiz, faoliyat koʻrsatmayotgan, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli boʻlganligi sababli belgilangan tartibda tugatish belgilandi.

Shu bilan birga, qaror doirasida davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatish ishlarining sifatli, toʻliq va oʻz muddatida amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat ushbu tashkilotlar taʼsischi (muassis)lariga yuklandi.

Shu oʻrinda, Strategiya doirasida davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2025-yilga kelib 75 foizga qisqarish belgilangan.

2484 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech