Ommaviy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha navbatdagi savdo jarayonining birinchi va ikkinchi bosqichi yakunlanib, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi. Unga koʻra:
Quyidagi 10 ta don korxonasidagi davlat aksiya paketi va mulkiy majmuasi boʻyicha savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichga oʻtgan talabgorlar roʻyxati tasdiqlandi va ushbu talabgorlardan 2024-yil 18-aprel soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar tijorat takliflari, yaʼni sotib olish narxi, toʻlov muddati va toʻlov qobiliyati boʻyicha takliflar “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali qabul qilinadi;
“Qorakoʻldonmahsulotlari” AJning 91,9 foiz aksiya paketi eng yaxshi tijorat taklifini taqdim etgan “YAKKATUT GʻALLACHILIK VA URUGʻCHILIK KLASTERI” MChJga 26,0 mlrd. soʻm sotib olish qiymatini toʻlash, kamida besh yil davomida aktivning asosiy faoliyat turini saqlab qolish va mavjud don saqlash sigʻimlarini kamaytirmaslik hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʻlash evaziga saqlab berish sharti bilan sotildi.
Bundan tashqari, quyidagi don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualarining savdo jarayonlarini davom ettirish uchun savdoda qatnashish boʻyicha takliflar kelib tushmaganligi, savdolarning birinchi bosqichida gʻoliblar aniqlanmaganligi hamda takliflar yetarli darajada shakllanmaganligi sababli, mazkur aktivlar takroriy savdolarga chiqarildi.
Mazkur davlat aktivlari boʻyicha savdo jarayonlarida ishtirok etgan talabgorlarga Ishchi organ tomonidan individual xabarnomalar yuboriladi.
Oʻz navbatida, don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha narx takliflarini koʻrib chiqishda, Xususiylashtirish davlat komissiyasi tomonidan moʻljal sifatida inobatga olinadigan tavsiyaviy baholash qiymatini 50 foizga qadar qadamma-qadam pasaytirish mexanizmi joriy etilgan.
Shuningdek, mazkur aktivlarning tavsiyaviy baholash qiymati 50 foizga pasaytirilgan holda inobatga olinadi.
Savdo jarayonining 2-bosqichiga oʻtgan don korxonalaridagi davlat ulushi (aksiya paketi)
Talabgorlardan takliflar 2024-yil 18-aprel kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi
T/r |
Davlat aktivining nomi |
Joylashgan hududi |
Davlat ulushi (foizda) |
Lot raqami (havola) |
I. Don korxonalaridagi davlat ulushlari |
||||
1 |
“Bogʻot don” AJ |
Xorazm viloyati, Bogʻot tumani, |
65,5 |
|
2 |
“Bagʻdod don mahsulotlari” AJ |
Fargʻona viloyati, Bagʻdod tumani |
54,8 |
|
3 |
“Oqoltin don mahsulotlari” AJ |
Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani |
89,3 |
|
4 |
“Jomboy don mahsulotlari” AJ |
Samarqand viloyati, Jomboy tumani |
57,4 |
|
5 |
“Qoʻqon don maxsulotlari” AJ |
Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri |
64,3 |
|
6 |
“Fargʻonadonmahsulotlari” AJ |
Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri |
51,0 |
|
7 |
“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ |
Surxondaryo viloyati, Termiz shahri |
88,5 |
|
8 |
“Samarqanddonmahsulotlari” AJ |
Samarqand viloyati, Samarqand shahri |
72,3 |
|
9 |
“Oqtosh Don” AJ |
Samarqand viloyati, Oqtosh shahri |
57,4 |
|
10 |
“Juma elevatori” AJ |
Samarqand viloyati, Juma shahri |
63,8 |
Takroriy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari
Talabgorlardan takliflar 2024-yil 23-aprel kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi
T/r |
Davlat aktivining nomi |
Joylashgan hududi |
Davlat ulushi (foizda) |
Lot raqami (havola) |
I. Don korxonalaridagi davlat ulushlari |
||||
1 |
“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi,Nukus shahri |
80,2 |
|
2 |
“Don xalq rizqi” AJ |
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani |
88,4 |
|
3 |
“Konirat un zavodi” AJ |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumani |
95,6 |
|
4 |
“Taxiatosh don mahsulotlari” AJ |
Qoraqalpogʻsiton Respublikasi, |
91,6 |
|
5 |
“Chimboydon” MCHJ |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, |
93,6 |
|
6 |
“Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” AJ |
Andijon viloyati, |
83,7 |
|
7 |
“Kogondonmahsulotlari” AJ |
Buxoro viloyati, |
93,0 |
|
8 |
“Doʻstlikdonmahsulotlari” AJ |
Jizzax viloyati, |
90,2 |
|
9 |
“Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ |
Qashqadaryo viloyati, |
92,5 |
|
10 |
“Qamashi DMQQ” MCHJ |
Qashqadaryo viloyati, |
99,9 |
|
11 |
“Navoiydonmahsulotlari” AJ |
Navoiy viloyati, |
61,1 |
|
12 |
“Namangandonmahsulotlari” AJ |
Namangan viloyati,Namangan shahri |
51,0 |
|
13 |
“Quva don mahsulotlari” AJ |
Fargʻona viloyati, |
51,0 |
|
14 |
“Xonqa don mahsulotlari” AJ |
Xorazm viloyati, |
67,5 |
|
15 |
“Xorazmdonmahsulotlari” AJ |
Xorazm viloyati, |
92,2 |
|
16 |
“Qiziltepa un zavodi” AJ |
Navoiy viloyati, |
93,5 |
|
17 |
"Sho‘rchi don mahsulotlari" AJ |
Surxondaryo viloyati, Sho`rchi tumani |
64,3 |
|
II. Don korxonalarining alohida mulkiy majmualari |
||||
1 |
“Dunyo-M” AJning “Shahrisabzdon” filiali |
Qashqadaryo viloyati, |
mulkiy majmua |
|
2 |
“Chimboydon” MCHJning “Qoraoʻzak” filiali |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, |
mulkiy majmua |
|
3 |
“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MCHJning “Muborak don” filiali |
Qashqadaryo viloyati, |
mulkiy majmua |
|
4 |
“Dunyo-M” AJning “Baxoristondon” filiali |
Qashqadaryo viloyati, |
mulkiy majmua |
|
5 |
“Don xalq-rizqi” AJning “Kitob Don” filiali |
Qashqadaryo viloyati, |
mulkiy majmua |
|
6 |
“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MCHJning “Gʻuzor un” filiali |
Qashqadaryo viloyati, |
mulkiy majmua |
|
7 |
“Qoʻngʻirot un zavodi” AJning “Qanlikoʻl gurish” filiali binosi |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, |
mulkiy majmua |