Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Iyun 2024

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan qoʻshimcha axborot

Ommaviy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha navbatdagi savdo jarayonining birinchi va ikkinchi bosqichi yakunlanib, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

Quyidagi 8 ta don korxonasidagi davlat aksiya paketlari kamida besh yil davomida aktivning asosiy faoliyat turini saqlab qolish va mavjud don saqlash sigʻimlarini kamaytirmaslik hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʻlash evaziga saqlab berish sharti bilan sotildi;

Quyidagi 7 ta don korxonasidagi davlat aksiya paketi va mulkiy majmualari boʻyicha savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichga oʻtgan talabgorlar roʻyxati tasdiqlandi va ushbu talabgorlardan 2024-yil 21-iyun soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar tijorat takliflari, yaʼni sotib olish narxi, toʻlov muddati va toʻlov qobiliyati boʻyicha takliflar "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali qabul qilinadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori doirasida quyidagi don korxonalariga uzoq muddat davomida taklif kelib tushmaganligi sababli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining hamda qishloq xoʻjaligi vazirining birgalikdagi tavsiyasiga asosan paxta-toʻqimachilik va gʻallachilik klasterlariga toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish uchun taklif etiladi.

Bundan tashqari, uzoq muddat davomida savdolari tashkil etilmagan quyidagi don korxonalarining filiallari mulkiy majmulari ularning joriy faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan “E-auksion” elektron savdo platformasida tanlov savdolariga chiqariladi.

 

Davlat ulushi (aksiya paketi) sotilgan don korxonalari
ROʻYXATI 

T/r

Davlat aktivi

Sotilgan qiymati

(mlrd. soʻm)

Savdo gʻolibi

1

“Oqoltin don mahsulotlari” AJning 88,45 foiz aksiya paketi 

45,0

“Boʻka Bugʻdoy Klaster” MCHJ

2

“Juma elevatori” AJning
63,8 foiz aksiya paketi

41,5

“Humo Agro Platinum” F/X

3

“Bagʻdod don mahsulotlari” AJning 54,8 foiz aksiya paketi

35,0

“Vodiy sara don klaster” MCHJ

4

“Shoʻrchi don mahsulotlari” AJning 64,3 foiz aksiya paketi

66,6

“Bandixon ShDM Don Klaster” MCHJ

5

“Oqtosh Don” AJning
57,4 foiz aksiya paketi

22,5

“Humo Agro Platinum” F/X

6

“Toshkent don mahsulotlari” AJ ustav fondidagi 51,0 foiz aksiya paketi

85,0

“Corn City” MCHJ

7

“Qoʻqon don mahsulotlari” AJning 64,3 foiz aksiya paketi

52,0

“Bekobod BugʻDoy Cluster” MCHJ

8

“Samarqand don mahsulotlari” AJning 72,3 foiz aksiya paketi

55,0

“Humo Agro Platinum” F/X

 

Savdo jarayonining 2-bosqichiga oʻtgan don korxonasidagi davlat ulushi (aksiya paketi) va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari
Talabgorlardan takliflar 2024-yil 21-iyun kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi

T/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi
(foizda)

Lot raqami

I. Don korxonalaridagi davlat ulushlari

1

“Qiziltepa un zavodi” AJ

Navoiy viloyati

93,5

9880773 

2

“Bog‘ot don” AJ

Xorazm viloyati

54,8

9880776 

3

“Uchqoʻrgʻon don mahsulotlari” AJ

Namangan viloyati

79,3

9880777 

4

“Jomboy don mahsulotlari” AJ

Samarqand viloyati

57,4

9880774 

5

“Asaka don mahsulotlari” AJ

Andijon viloyati

65,8

9880772 

6

“Xorazmdonmahsulotlari” AJ

Xorazm viloyati

92,2

9880771

II. Don korxonalarining alohida mulkiy majmualari

1

“Samarqanddon mahsulotlari” AJning “Nurobod don” filiali

Samarqand viloyati

mulkiy majmua

9880775 

 

Paxta-toʻqimachilik va gʻallachilik klasterlariga toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish boʻyicha takliflar yuboriladigan don korxonalarining aksiya paketlari

T/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi
(foizda)

1

“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,Nukus shahri

80,2

2

“Konirat un zavodi” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,Qoʻngʻirot tumani

95,6

3

“Taxiatosh don mahsulotlari” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,Taxiatosh tumani

91,6

4

“Chimboydon” MCHJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,Chimboy tumani

93,6

5

“Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” AJ

Andijon viloyati,Qoʻrgʻontepa tumani

83,7

6

“Kogondonmahsulotlari” AJ

Buxoro viloyati,Kogon shahri

93,0

7

“Doʻstlikdonmahsulotlari” AJ

Jizzax viloyati,Doʻstlik tumani

90,2

8

“Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ

Qashqadaryo viloyati,Qarshi shahri

92,5

9

“Qamashi DMQQ” MCHJ

Qashqadaryo viloyati,Qamashi tumani

99,9

10

“Koson don mahsulotlari qabul qilish” MCHJ

Qashqadaryo viloyati,Koson tumani

64,7

11

“Navoiydonmahsulotlari” AJ

Navoiy viloyati,Navoiy shahri

61,1

12

“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ

Surxondaryo viloyati,Termiz shahri

88,5

13

“Quva don mahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Quva tumani

51,0

14

“Xonqa don mahsulotlari” AJ

Xorazm viloyati,Xonqa tumani

67,5

 

“E-auksion” elektron savdo platformasida tanlov savdolariga chiqariladigan don korxonalarining filiallari mulkiy majmualari

T/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

1

“Qoʻngʻirot un zavodi” AJning “Qonlikoʻl gurish” filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,Qonlikoʻl tumani

2

“Chimboydon” MCHJning “Qoraoʻzak” filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,Qoraoʻzak tumani

3

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MCHJning “Muborak don” filiali

Qashqadaryo viloyati,Muborak tumani

4

“Don xalq-rizqi” AJning “Kitob Don” filiali

Qashqadaryo viloyati,Kitob tumani

5

“Dunyo-M” AJning “Shahrisabzdon” filiali

Qashqadaryo viloyati,Shahrisabz shahri

6

“Dunyo-M” AJning “Bahoriston” filiali

Qashqadaryo viloyati,Mirishkor tumani

7

“Popdonmahsulotlari” AJning “Chust” filliali

Namangan viloyati,
Chust tumani

 

 

 

1855 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech