Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 May 2020

“Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi O’zbekiston Respublikasi Senati tomonidan ma’qullandi

Davaktiv agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi joriy yilning 18-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Senati tomonidan maʼqullandi.

Qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 2158 -moddasi (Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan toʻldirilib, davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining obyekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda toʻsqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida notoʻgʻri koʻrsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish qonunchilikni buzganligi uchun:

  • mansabdor shaxslarga – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solish;
  • xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroriy sodir etilgan boʻlsa mansabdor shaxslarga – bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solish nazarda tutilmoqda.

Ushbu Qonun loyihasini qabul qilinishi davlat mulkini ijaraga berishda yoʻl qoʻyilayotgan qonun buzilishi holatlarining oldini olish va huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligini taʼminlash, davlat mulkini ijaraga berishda shaffoflikni va sogʻlom raqobat muxitini yaratish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini kafolatlash imkonini beradi.

126 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech