Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Avgust 2023

Davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlarida davlat vakillarining samarali ishtiroki taʼminlanadi

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlarida davlat vakillarining samarali ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 373-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini amaliyotga toʻliq tadbiq etish maqsadida Davaktiv agentligi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishida davlat vakilining davlat aksiyalar paketi (ulushi) boʻyicha ishtirok etish va ovoz berish tartibini belgilaydi.

Qaror bilan Davlat ishtirokidagi korxonalardagi davlat vakillarining faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanib, unga koʻra:

1. davlat vakili davlat ishtirokidagi korxonaning aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilganda ular boʻyicha ovoz berish tartibini oldindan kelishib oladi, jumladan:

a) tegishliligi boʻyicha vakolatli organ bilan:

  • korxonani qayta tashkil etish yoki tugatish;
  • shoʻba va tobe xoʻjalik jamiyatlarini tashkil etish;
  • tashkiliy tuzilmani tasdiqlash;
  • korxona ijroiya organini saylash, tayinlash, yollash, uning vakolatlarini muddatidan oldin bekor qilish;
  • eʼlon qilingan aksiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash;
  • aksiyalarni boʻlish va konsolidatsiyalash;
  • korxonaning ustav fondi (ustav kapitali) miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish;
  • mulkni garovga berish;
  • yirik bitim tuzish yoki korxonaning affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish.

b) Davaktiv agentligi bilan sof foydani taqsimlash va uning bir qismini dividendlarga yoʻnaltirish masalalari.

2. qayd etilgan kelishiladigan masalalardan tashqari qolgan masalalar boʻyicha davlat vakili qonunchilikka va davlat mulkini ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishi;

3. davlat ulushi ishonchli boshqaruvga berilmagan davlat ishtirokidagi korxonalarda kuzatuv kengashi mavjud boʻlmagan hollarda, kuzatuv kengashi tashkil etilgunga qadar aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishi kun tartibidagi kelishiladigan masalalar yuzasidan ovoz berish tartibi toʻgʻrisidagi koʻrsatma davlat vakiliga ishonchnoma bilan bir paytda berilishi lozimligi;

4. kelishiladigan masalalar boʻyicha xabarnoma davlat ulushini ishonchli boshqarishni amalga oshiradigan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi yoki kuzatuv kengashining davlat ulushi boʻyicha saylangan aʼzolari tomonidan imzolanishi lozimligi, bundan davlat ulushi boʻyicha saylangan mustaqil aʼzolar mustasnoligi;

5. davlat vakili tomonidan beriladigan xabarnoma, shuningdek vakolatli organ tomonidan beriladigan koʻrsatma shakli va ularni taqdim etish muddatlari belgilanmoqda.

 

1267 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech