Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

08 Mart 2023

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tadbir

Jamiyatning madaniyat darajasi, ma'naviy barkamolligi ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi. Eng go‘zal oyning eng nafis bayrami - xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish an'anasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lib, yuqori maqom darajasiga ko‘tarilmoqda.

Ushbu qatorda bugun Davlat aktivlarini boshqarish agentligida 8-martXalqaro xotin-qizlar kuni nishonlandi va bayram tadbiri tashkil qilindi.

Bugungi kunda Davaktiv tizimida o‘nlab opa-singillarimiz mehnat qilib kelishmoqda. Ularning samarali faoliyat yuritishlari, muttasil o‘z ustida ishlab, malaka oshirishlari va ilg‘or xorij tajribalarini o‘zlashtirishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Tantanali tadbirda tizimdagi xotin-qizlarning kasb mahorati alohida e'tirof etildi. Ular o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan, yuksak professional darajada bajarib kelmoqdalar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar opa-singillarimizni mazkur go‘zal ayyom bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, bahoriy kayfiyat hamroh bo‘lishini tilab qoldilar va ayollarga bag‘ishlangan tabrik sherlarini eshittirdilar.

1467 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech