Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Dekabr 2022

Don korxonalaridagi davlat ulushi bo‘yicha savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil 22 dekabrdagi e'loniga muvofiq talabgorlardan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron ko‘rinishda tijorat takliflari qabul qilingan.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 29 dekabr kuni soat 16:00da Davaktiv agentligida don korxonalaridagi davlat ulushi bo‘yicha savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichiga o‘tkazilgan talabgorlarning elektron ko‘rinishdagi takliflari ochiladi.

Ushbu jarayonga Davlat tender komissiyasi a'zolari, talabgorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi, shuningdek shaxsan qatnasha olmaydigan talabgorlar uchun videokonferens aloqa vositasi orqali ishtirok etish imkoniyati yaratiladi (https://us06web.zoom.us/j/87433935666).

Ishchi organ o‘z hisobotini tayyorlab, Davlat tender komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi va ikkinchi bosqich yakunlari bo‘yicha ma'lumotlar Davaktiv agentligi tomonidan belgilangan tartibda e'lon qilinadi.

1990 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech