Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Yanvar 2023

Chorvachilik fermasi bo‘yicha savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Ommaviy savdolarga chiqarilgan Xorazm viloyati, Shovot tumani, “Ostana” mahallasida joylashgan chorvachilik fermasi bo‘yicha savdo jarayonining birinchi bosqichi yakunlanib, Davlat tender komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, savdo jarayonining ikkinchi bosqichiga o‘tgan talabgorlardan 2023 yil 25 yanvar soat 18-00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar tijorat takliflari, ya'ni sotib olish narxi, to‘lov muddati va to‘lov qobiliyati bo‘yicha takliflar “E-auksion elektron savdo platformasi orqali qabul qilinadi.

Ushbu aktivlar bo‘yicha savdo jarayonlarining birinchi bosqichida ishtirok etgan barcha talabgorlarga Ishchi organ tomonidan jarayon yuzasidan xabarnomalar yuboriladi.

O‘z navbatida, savdolarning birinchi bosqichida taklif kelib tushmaganligi sababli savdosi o‘tkazilmagan chorvachilik fermalari bo‘yicha “E-auksion elektron savdo platformasi orqali takliflarni qabul qilish 15 kun muddatga uzaytirildi.

1412 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech