Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Iyun 2023

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Ommaviy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha navbatdagi savdo jarayonining birinchi bosqichi yakunlanib, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

I. Savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichga oʻtgan talabgorlar roʻyxati tasdiqlandi va ushbu talabgorlardan 2023-yil 16-iyun soat 18-00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar tijorat takliflari, yaʼni sotib olish narxi, toʻlov muddati va toʻlov qobiliyati boʻyicha takliflar “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali qabul qilinadi;

II. Savdo jarayonida raqobat muhiti taʼminlanmagan aktivlar boʻyicha savdo jarayonlarining birinchi bosqichida talabgorlardan takliflarni qabul qilish muddati 15 kunga uzaytirildi.

Ushbu davlat aktivlari boʻyicha savdo jarayonlarining birinchi bosqichida ishtirok etgan barcha talabgorlarga Ishchi organ tomonidan individual xabar yuboriladi.

Oʻz navbatida, savdo jarayonlarini davom ettirish uchun yetarli takliflar shakllanmagan va savdoda qatnashish boʻyicha takliflar kelib tushmagan quyidagi don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali takroriy savdolarga chiqariladi.

 

Savdo jarayonining 2-bosqichiga oʻtgan don korxonasidagi davlat ulushi (aksiya paketi)

Talabgorlardan takliflar 2022-yil 16-iyun soat 18-00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi

T/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi (foizda)

Lot raqami

1.

“Shovot don mahsulotlari” AJ

Xorazm viloyati,
Shovot tumani

51,0

6026414

Savdo muddati uzaytirilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari

Talabgorlardan takliflar 2022-yil 26-iyun soat 18-00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi

T/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi (foizda)

Lot raqami

Don korxonalaridagi davlat ulushi

1.

“Koson don mahsulotlari qabul qilish” MCHJ

Qashqadaryo viloyati, Koson tumani

64,8

 6026917

Don korxonalari filiallari mulkiy majmuasi

2.

“Qoʻqon don mahsulotlari” AJning “Qoʻqon don” filiali

Fargʻona viloyati,
Qoʻqon shahri

-

6026928 

Takroriy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari

Talabgorlardan takliflar 2022-yil 26-iyun soat 18-00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi

T/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi
(%)

Lot raqami

Don korxonalaridagi davlat ulushi

1.

“Qoraqalpoqdonmah-sulotlari” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Nukus shahri

80,2

 6026915

2.

“Konirat un zavodi” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qungʻirot tumani

95,6

6026920 

3.

“Asaka don mahsulotlari”AJ

Andijon viloyati,
Asaka tumani

65,8

6026922 

4.

“Kogondonmahsulotlari” AJ

Buxoro  viloyati,
Kogon shahri

93,0

6026916

5.

“Doʻstlikdonmahsulotlari” AJ

Jizzax viloyati,
Doʻstlik tumani

90,2

6026919

6.

“Qiziltepa un zavodi” AJ

Navoiy viloyat,
Qiziltepa shahri

93,5

6026921

7.

“Xovos don mahsulotlari” AJ

Sirdaryo viloyati,
Xovos tumani

94,2

6026918

8.

“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ

Surxondaryo viloyati,
Termiz shahri

88,5

6026932

9.

“Fargʻonadonmahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Fargʻona shahri

51,0

6026926

10.

“Qoʻqon don mahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Qoʻqon shahri

64,3

6026931

11.

"Juma elevatori" AJ

Samarqand viloyati, Pastargʻom tumani

68,3

6026930

Don korxonalari filiallari mulkiy majmualari

12.

"Qoʻngʻirot un zavodi" AJning
"Qanlikoʻl gurish" filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qanlikoʻl tumani

mulkiy majmua

 6026924

13.

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MCHJning "Muborak don" filiali

Qashqadaryo viloyati,
Muborak tumani

mulkiy majmua

6026929

14.

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MCHJning “Gʻuzor un" filiali

Qashqadaryo viloyati,
Gʻuzor tumani

mulkiy majmua

6026925

15.

“Surxondaryodonmahsulotlari” AJning "Alpomish un tegirmon" filiali

Surxondaryo viloyati,
Jarqoʻrgʻon tumani

mulkiy majmua

6026927

16.

“Fargʻonadonmahsulotlari” AJning "Margʻilon don" filiali

Fargʻona viloyati,
Margʻilon shahri

mulkiy majmua

6026923

 

1773 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech