Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Iyun 2023

Don korxonalaridagi davlat ulushi boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan AXBOROT

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-son qarori ijrosi doirasida xususiylashtirilishi belgilangan don korxonalaridagi davlat ulushi boʻyicha savdo jarayonlarining birinchi bosqichida talabgorlardan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron koʻrinishda takliflar qabul qilingan.

Shunga koʻra, joriy yilning 23 iyun kuni soat 16:00da Davaktiv agentligida koʻrib chiqish uchun yetarli taklif shakllangan davlat aktivlari boʻyicha savdo jarayonlarining birinchi bosqichidagi talabgorlarning elektron koʻrinishdagi takliflari ochiladi.

Ushbu jarayonga Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi (keyinchalik – Xususiylashtirish Davlat komissiyasi) aʼzolari, talabgorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi, shuningdek shaxsan qatnasha olmaydigan talabgorlar uchun videokonferens aloqa vositasi orqali ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.

Davlat aktivlari boʻyicha savdo jarayonlarining birinchi bosqichida taklif yuborgan har bir talabgorga Ishchi organ tomonidan individual xabar yoʻllangan.

Ishchi organ oʻz hisobotini tayyorlab, Xususiylashtirish Davlat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi va birinchi bosqich yakunlari boʻyicha maʼlumotlar Davaktiv agentligi tomonidan belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.

Oʻz navbatida, savdolarning birinchi bosqichida yagona talabgor tomonidan taklif yuborilganligi hamda taklif kelib tushmaganligi sababli savdosi oʻtkazilmagan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallarining mulkiy majmualari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali 15 kun muddatga takroriy savdolarga chiqariladi.

 

Takroriy ommaviy savdolarga chiqariladigan don korxonalaridagi davlat ulushlari
ROʻYXATI

T/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi (%)

1

"Taxiatosh don mahsulotlari" AJ

Qoraqalpogʻsiton Respublikasi, Taxiatosh tumani

91,6

2

"Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari" AJ

Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumani

83,7

3

"Qorakoʻldonmahsulotlari" AJ

Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani

91,9

4

"Jizzaxdonmahsulotlari" AJ

Jizzax viloyati, Jizzax shaxri

94,4

5

"Zarbdor elevatori" AJ

Jizzax viloyati, Zarbdor tumani

94,8

6

"Navoiydonmahsulotlari" AJ

Navoiy viloyati, Navoiy shahri

61,1

7

"Uchqoʻrgʻon don mahsulotlari" AJ

Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani

79,3

8

"Jomboy don mahsulotlari" AJ

Samarqand viloyati, Jomboy tumani

57,4

9

"Oqoltin don mahsulotlari" AJ

Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani

89,3

10

"Shoʻrchi don mahsulotlari" AJ

Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumani

64,3

11

"Gʻalla-Alteg" AJ

Toshkent shaxri, Yashnobod tumani

51,0

12

"Bagʻdod don mahsulotlari" AJ

Fargʻona viloyati, Bagʻdod tumani

54,8

13

"Quva don mahsulotlari" AJ

Fargʻona viloyati,
Quva tumani

51,0

14

"Xonqa don mahsulotlari" AJ

Xorazm viloyati,
Xonqa tumani

67,5

15

"Bogʻot don" AJ

Xorazm viloyati,
Bogʻot tumani

65,5

16

"Samarqanddonmahsulotlari" AJ

Samarqand viloyati, Samarqand shahri

72,3

17

"Xorazmdonmahsulotlari" AJ

Xorazm viloyati, Urganch tumani

92,2

 

1869 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech