Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Dekabr 2024

“Avtooyna” MChJning ochiq savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga asosan, Davaktiv agentligining 2024-yil 18-iyuldagi eʼloniga muvofiq, Avtooyna” MChJ (keyingi oʻrinlarda – “Aktiv”) ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini ochiq savdo jarayonlari boshlangan.

Oʻz navbatida, ushbu Aktivni xususiylashtirish jarayonini ilgʻor xalqaro tajriba asosida amalga oshirish uchun Portfolio Investments (keyingi oʻrinlarda – "Konsultant") kompaniyasi xususiylashtirish boʻyicha Konsultant sifatida jalb etilgan.

Avval berilgan axborotga muvofiq, Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichiga oʻtkazilgan 4 nafar talabgorlarning qatʼiy narx takliflari joriy yil 17-oktabrga qadar konsultant tomonidan qabul qilinishi belgilangan.

Mazkur muddat davomida Konsultant tomonidan 2 nafar talabgorlarning Majburiyatga ega boʻlgan takliflari (BO) qabul qilinganligini va mazkur takliflar Aktivning sotilishi mumkin boʻlgan bozor qiymatdan past boʻlganligini inobatga olib, sotish jarayonini Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (EoI) bosqichidan davom ettiriladi.

Shunga koʻra, sotish jarayonini raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, Davaktiv agentligi barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga “Avtooyna” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Expression of Interest) bosqichi muddati 2025-yil 20-yanvar kuni soat 23:59 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Shu bilan birga, avvalgi chop etilgan Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼlonning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.

Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi toʻgʻrisida jamoatchilikni qoʻshimcha tarzda xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.

Diskleymer

Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini oʻzgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʻlgan Davaktiv agentligi, “Portfolio Investments” va Kompaniyani sotish bilan bogʻliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va “Portfolio Investments” oʻz xohishiga koʻra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga oʻzgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar boʻyicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, Kompaniya va “Portfolio Investments” tomonidan koʻzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga koʻra sotish jarayonini toʻxtatish;

(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli boʻlgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini oʻzida saqlab qoladi

4893 Chop etish