Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Yanvar 2025

"Oʻzagrosanoatloyiha” MCHJning ochiq savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga asosan, Davaktiv agentligining joriy yil 4-noyabrdagi eʼloniga muvofiq, “Oʻzagrosanoatloyiha” MChJ (keyingi oʻrinlarda – “Aktiv”) ustav kapitalidagi 94,9% davlat ulushini ochiq savdo jarayonlari boshlangan.

Oʻz navbatida, ushbu Aktivni xususiylashtirish jarayonini ilgʻor xalqaro tajriba asosida amalga oshirish uchun “Abrau Capital” (keyingi oʻrinlarda – "Konsultant") kompaniyasi xususiylashtirish boʻyicha Konsultant sifatida jalb etilgan.

Avval berilgan axborotga muvofiq, Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichiga oʻtkazilgan 3 nafar talabgorlarning qatʼiy narx takliflari joriy yil 23-dekabrga qadar konsultant tomonidan qabul qilinishi belgilangan.

Mazkur muddat davomida Konsultant tomonidan barcha talabgorlarning Majburiyatga ega boʻlgan takliflari (BO) qabul qilinganligini, lekin mazkur takliflar Aktivning sotilishi mumkin boʻlgan bozor qiymatdan past boʻlganligini inobatga olib, sotish jarayoni Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (EoI) bosqichidan davom ettiriladi.

Shunga koʻra, Davaktiv agentligi barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga “Oʻzagrosanoatloyiha” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Expression of Interest) bosqichi muddati 2025-yil 4-fevral kuni soat 23:59 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Shu bilan birga, avvalgi chop etilgan Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼlonning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.

Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi toʻgʻrisida jamoatchilikni qoʻshimcha tarzda xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.

Diskleymer

Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini oʻzgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʻlgan Davaktiv agentligi, “Abrau Capital” va Kompaniyani sotish bilan bogʻliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va “Abrau Capital” oʻz xohishiga koʻra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga oʻzgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar boʻyicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, Kompaniya va “Abrau Capital” tomonidan koʻzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga koʻra sotish jarayonini toʻxtatish;

(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli boʻlgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.

4215 Chop etish