Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Sentyabr 2022

“Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni yuzasidan axborot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yil 16 iyun kuni chop etilgan eʼlonga muvofiq, “Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasidagi davlat ulushini (keyingi oʼrinlarda – Mehmonxona) xususiylashtirish jarayonining Аktivni sotib olish boʼyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi boshlangan.

Аvval maʼlum qilganimizdek, ushbu davlat aktivini xususiylashtirish jarayonlarini ilgʼor xalqaro tajribalar asosida amalga oshirish uchun “KPMG Valuation and Consulting” (keyingi oʼrinlarda – KPMG) kompaniyasi Xususiylashtirish boʼyicha maslahatchi sifatida jalb etilgan.

Kompaniyaning xususiylashtirish jarayonlari doirasida KPMG kompaniyasi, shu jumladan uning xalqaro ofislar tarmogʼi orqali keng qamrovli marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan investitsiya tizerlari salohiyatli investorlarga yuborildi. Natijada, 2022 yil 8 avgustga qadar MDH davlatlari, janubiy Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan 15 nafar xalqaro va mahalliy investorlar tomonidan sotib olish boʼyicha qiziqish bildirish (Express of interest) toʼgʼrisidagi arizalar KPMG kompaniyasiga kelib tushgan.

Davaktiv agentligi hamda xususiylashtirish boʼyicha maslahatchi tomonidan kelib tushgan barcha arizalar quyidagi mezonlar boʼyicha saralanadi:

  • xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taʼqiqlashi mumkin boʼlgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yoʼqligi;
  • Oʼzbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʼin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Qonuniga rioya etilishi;
  • Talabgor (konsortsium holatida, konsortsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va АQShning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanktsiyalari roʼyxatiga kiritilmaganligi.

KPMG kompaniyasi tomonidan kelib tushgan arizalar yuqoridagi mezon talablari asosida chuqur oʼrganish natijasida 2 nafar talabgor arizalari navbatdagi bosqichga oʼtkazilmadi va qolgan barcha talabgorlar keyingi bosqichga oʼtkazildi.

Shunga koʼra, Аktivni sotib olish boʼyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichidan muvofaqqiyatli oʼtgan talabgorlarga xususiylashtirish jarayonlarining kelgusi Majburiyatga ega boʼlmagan taklif (NBO) qabul qilish bosqichida ishtirok etish uchun taklif qilinadi hamda ularga ushbu bosqich jarayonlari toʼgʼrisidagi xat (Process Letter) yuboriladi.

Xususiylashtirish jarayonlarida kelgusidagi oʼz ishtirokini tasdiqlash uchun, ushbu talabgorlar bilan Аxborotlarni oshkor etmaslik toʼgʼrisidagi bitim (NDA)ni imzolash taklif etiladi, soʼngra ularga xalqaro maslahatchi tomonidan tayyorlangan Mehmonxonani sotib olish narxi boʼyicha indikativ majburiyatga ega boʼlmagan takliflarni tayyorlash uchun zarur boʼlgan axborotni oʼz ichiga olgan dastlabki maʼlumotlar toʼplami (Information Memorandum) bilan tanishish imkoniyati beradigan virtual maʼlumotlar xonasi (VDR) ga kirish imkoniyati beriladi. Ushbu maʼlumotlar toʼplami Mehmonxona xo'jalik faoliyati tasnifi, shuningdek tarixiy va prognozli moliyaviy ko'rsatgichlari kabi axborotlarni oʼz ichiga oladi.

Shuningdek, KPMG kompaniyasi tomonidan Mehmonxonani sotib olish narxi boʼyicha majburiyatga ega boʼlmagan takliflarni (NBO) joriy yil 7 oktyabrga qadar qabul qilinadi.

Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayoniga qiziqish bildirgan va arizalar topshirgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi hamda Аktivni sotib olish boʼyicha qiziqish bildirish bosqichidan muvafaqqiyatli oʼtgan talabgorlar bilan kelgusidagi konstruktiv hamkorlikni shaffof muhitda davom ettiradi.

2728 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech