Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Oktyabr 2022

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari bo‘yicha savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil 22 sentyabrdagi eʼloniga muvofiq talabgorlardan “E-auksion elektron savdo platformasi orqali elektron koʼrinishda takliflar qabul qilingan.

Shunga koʼra, joriy yilning 13 oktyabr kuni soat 16:00da Davaktiv agentligi binosida davlat aktivlari boʼyicha savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichidagi talabgorlarning hamda savdolarning birinchi bosqichida koʼrib chiqish uchun yetarli taklif shakllangan davlat aktivlari boʼyicha talabgorlarning elektron koʼrinishdagi takliflari ochiladi.

Ushbu jarayonga Davlat tender komissiyasi aʼzolari, talabgorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi, shuningdek shaxsan qatnasha olmaydigan talabgorlar uchun videokonferents aloqa vositasi orqali ishtirok etish imkoniyati yaratiladi (videokonferents aloqa havolasi).

Ishchi organ oʼz hisobotini tayyorlab, Davlat tender komissiyasiga koʼrib chiqish uchun taqdim etadi hamda ushbu savdo jarayoni natijalari boʼyicha maʼlumotlar Davaktiv agentligi tomonidan belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.

Oʼz navbatida, savdolarning birinchi bosqichida yagona talabgor tomonidan taklif yuborilganligi hamda taklif kelib tushmaganligi sababli savdosi oʼtkazilmagan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallarining mulkiy majmualari bo'yicha “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali takliflarni qabul qilish 15 kun muddatga uzaytirildi.

 

2025 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech