Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Dekabr 2022

"Dori Darmon" AJdagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonida qatʼiy narx takliflarini qabul qilish bosqichi to‘g‘risida axborot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yil 29 oktabr kuni chop etilgan eʼlonga muvofiq“Dori Darmon" AJ (keyingi o‘rinlarda - “Kompaniya” yoki “Aktiv”) ustav kapitalidagi 51 foiz davlat ulushini (keyingi o‘rinlarda – “Bitim”) xususiylashtirish jarayonining Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi yakunlandi.

“Portfolio Investments" MChJ kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda – “Maslahatchi”) mazkur bitim bo‘yicha Davaktiv agentligining xususiylashtirish bo‘yicha yetakchi maslahatchisi sifatida jalb etilgan.

“Angren Pipe Plant" MCHJ kompaniyasining xususiylashtirish jarayonlari doirasida Maslahatchi tomonidan keng qamrovli marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan 200 dan ortiq salohiyatli investorlarga investitsiya tizerlari yuborildi. Natijada, 2022 yil 15 noyabrga qadar 5 nafar xalqaro va mahalliy investorlar tomonidan sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of Interest) to‘g‘risidagi arizalar kelib tushdi.

Davaktiv agentligi hamda xususiylashtirish bo‘yicha Maslahatchi tomonidan kelib tushgan barcha arizalar quyidagi mezonlar bo‘yicha saralanadi:

  • xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin bo‘lgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yo‘qligi;
  • O‘zbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”giQonuniga rioya etilishi;
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmaganligi.

Maslahatchi tomonidan kelib tushgan arizalar yuqoridagi mezon talablari asosida chuqur o‘rganish natijasida 4 nafar talabgorlar keyingi bosqichga o‘tkazildi.

Shunga ko‘ra, Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichidan muvafaqqiyatli o‘tgan talabgorlar xususiylashtirish jarayonlarining kelgusi Majburiyatga ega bo‘lgan taklif (BO) qabul qilish bosqichida ishtirok etish uchun taklif qilinadi hamda Maslahatchi tomonidan ularga ushbu bosqich jarayonlari to‘g‘risidagi xat (Process Letter) yuboriladi.

Xususiylashtirish jarayonlarida kelgusidagi o‘z ishtirokini tasdiqlash uchun, ushbu talabgorlar bilan Axborotlarni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi bitim (NDA)ni imzolash taklif etiladi, so‘ngra maslahatchi tomonidan tayyorlangan Kompaniyaning moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik faoliyati bo‘yicha mustaqil tahliliy hisobotlar (VDD)larini o‘z ichiga olgan virtual axborot xonasi (VDR)ga kirish imkoniyati hamda Kompaniyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashrif buyurgan holda uning boshqaruv organi bilan uchrashish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, Maslahatchi tomonidan Aktivni sotib olish narxi bo‘yicha majburiyatga ega bo‘lgan takliflar (BO) joriy yil 26 dekabr kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi.

Davaktiv agentligi va “Portfolio Investments" MCHJ kompaniyasi xususiylashtirish jarayoniga qiziqish bildirgan va arizalar topshirgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi hamda Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar bilan kelgusidagi konstruktiv hamkorlikni shaffof muhitda davom ettiradi.

1707 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech